TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #808

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan4,350Jumlah tampilan
Diposting6 Feb06/02/2026, 01.55
Isi postingan

Isi

OpenAI va Anthropic bugun “e, o’ylanib o’tiramizmi?” savoliga “bosdik!” deb javob berishibdi. Ikkala e’lonning vaqti taxminan 25 minutga farq qiladi 😅 Claude Opus 4.6 Har doimgidek, kod yozish uchun SOTA (State-of-the-Art) model. Yuqoridagi grafikda ikkita sifatdan tashqari boshqa hammasida 4.5 versiyasiga nisbatan yaxshilangan. Parallel bajariladigan amallar uchun agent jamolalarini ishga tushirish mumkin. X/Twitter | Blog Yanvarda Cursor juda yaxshi tajriba o’tkazgandi. Anthropic Claude orqali C dasturlash tili kompilyatorini yaratib, Linux yadrosini kompilyatsiya qilgan. Albatta, parallel agentlar jamoasi bilan. Building a C compiler with a team of parallel Claudes GPT-5.3-Codex “Siz shunchaki qurishingiz mumkin” nomli slogan bilan OpenAI yangi modelini 25 minutdan keyin e’lon qildi. Quvib borayotgan kompaniya sifatida OpenAI faqat o’zining modellarini solishtiryapti. 5.2 versiyaga nisbatan sifati 13.3% ga oshgan. Tez. Alohida veb dasturlash uchun yaxshi ishlayotgani ta’kidlangan. Menimcha, 2025-yil so’nggidan boshlab OpenAI dasturlash modelini kuchaytirishga juda qattiq bel bog’lagan. macOS uchun qilgan ilovasi va ko’proq limit berishi agent orqali qurishni ko’proq odamlarga yetkazmoqchi. Hamma ham terminalda o’tirmaydi. X/Twitter | Blog ――――――――― Bu ketishda yil oxirida nima kutishni ham bilmaydi odam. Lekin ikkita kuchli kompaniya bir-biri bilan bunaqa raqobat qilishi bizga yaxshi. Happy vibe coding!