TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Super Dispatch’da yaxshi frontend injenerlar qilingan ishini kichik demo sifatida ko’rsatadi. Pull request yoki topshiriqqa izoh sifatida qoldiriladi va asinxron ishlaganda juda foydali. Endi Cursor’ning bulutda ishlaydigan agentlari o’zining kompyuteriga ega. Bu degani, ular qilingan ishni test qila oladi va demo ham yozib beradi. Bulutda ishlaydigan agentlarning eng yaxshi tomoni - dasturchilardan boshqalarga ham mahsulot qurish imkoniyatini beradi. Dizayner yoki mahsulot menejerlari dasturchilarni kutib o’tirmasdan, agent bilan ishni bitiraveradi. Anonsi bu yerda: https://cursor.com/blog/agent-computer-use Yuqoridagi videoda Codex ishni Opus’dan ko’ra to’g’riroq bajardi.