Isi
Ko’pchilik Twitter asoschisi sifatida taniydigan Jack Dorsey keyinroq Square kompaniyasiga ham asos solgan. Square boshqa kompaniyalarni sotib olishni boshlagandan keyin nomini Block deb o’zgartirgan. Hozir Block bir nechta mahsulotlarga ega: Square, Cash App, Afterpay, Tidal va hokazo. Bugun Jack Dorsey kompaniyada ishlaydigan 10 000 ta odamning 4 000 tasi ishdan bo’shatilishini e’lon qildi. Boshqa kompaniyalar turli sabablarni keltirayotganida, Jack ochiqchasiga tan olib aytyapti: Biz yaratayotgan intellektual vositalar va kichikroq, iyerarxiyasiz jamoalar ish yuritishda yangi davrni boshlab berayotganini ko‘ryapmiz. Bu kompaniya qurish va boshqarish mohiyatini tubdan o‘zgartirmoqda va bu jarayon shiddatli tus olmoqda. Aytishicha, ikkita yo’l bo’lgan: oylar davomida asta-sekinlik bilan ishchilar sonini kamaytirish, yoki ochiq tan olib hoziroq qaror qabul qilish. Kompaniya ikkinchi yo’lni tanladi. Menimcha, to’g’ridan-to’g’ri sun’iy intellekt sabab sifatida ko’rsatilgan birinchi layoff. To’liq anons: https://x.com/jack/status/2027129697092731343?s=20 UPD: Covid paytida keragidan ko’p odam ishga olgan ekan. Endi ishchi boshiga 2 mln dollar foyda olishni mo’ljallashyapti.