TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Far·hod·jon
Far·hod·jon avatar

TGINSIGHT POST

Post #816

@farhodjon

Far·hod·jon

Tampilan1,790Jumlah tampilan
Diposting28 Feb28/02/2026, 20.30
Isi postingan

Isi

Yaqingacha “nega dizaynda haligacha ko’p narsa qo’lda?” degan savol bor edi. Masalan, Lovable yoki Figma Make bor, lekin ular prototip qilish uchun yaxshi. Haqiqiy mahsulot qurayotganda dizayn tizimi, to’liq ishlaydigan mahsulotning hamma ekranlari Figma’da va u yerda “qo’lda” dizayn qilish kerak. Lekin birdaniga ikkita uskuna buni o’zgartirmoqchi. Figma birortasini tezda sotib olishi ham mumkin. Paper Bu ham veb, ham desktop ilova. Codex, Claude Code, Cursor va hokazo agentlar orqali lokal MCP serverga ulanib real-taym dizayn qilish mumkin. Vercel, Perplexity, Zed kabi kompaniyalar tomonidan ishlatilyapti. https://paper.design Pencil Bunisi qiziq qilgan: adashmasam, hamma kommunikatsiya lokal saqlanadigan .pen fayli orqali. Ham koding agentlari, ham Pencil shu faylni o’qiydi va unga yozadi. Agent dizaynni o’zgartirayotganda xuddi Figma’da odamlarning kursori yurgandek bu yerda ham nima tahrirlanayotganini ko’rib tursa bo’ladi. https://www.pencil.dev Ikkalasi ham dizaynning kelajagiga o’xshayapti. Sinab ko’ramiz. ――――――――― Qiziq davrda yashayapmiz. Ko’p kasblar har tomonga surilishi aniq. Vercel’ning CEO’si aytishicha: The future of design is… engineering. Happy vibe designing!