Isi
Anthropic yaqinda sun’iy intellekt va mehnat bozori bo’yicha tadqiqotini e’lon qildi. Erinmaganlar uchun bu yerda batafsil yozilgan. Katta yangilik yo’q. Haliyam qo’l mehnati qiladiganlarning vazifasi o’zgarishi ehtimoli kam, lekin ishini kompyuterda qiladiganlarniki o’zgaradi. Kasblar emas, vazifalar o’zgaradi. Xuddi avval kod yozgan bo’lsak, endi prompt yozyapmiz (hamma prompt yozadi). Yuqoridagi diagramma qiziq. Qizil soha SI ishlatilayotgan holatlar, ko’k esa to’liq ishlatilishi mumkin ehtimoliy qobiliyati. Bu degani, katta o’zgarishlar haliyam oldinda. Anthropic tavsiyalari: • Ta’lim tizimini isloh qilish. Yangi zamonga hech qaysi davlat tayyormas, menimcha. • Hayot davomida o’rganish. Bilim ishchilari uchun bitta kasb umrning oxirigacha o’zgarmaydi, degan fikr yo’qoladi. • Ijtimoiy tizimni kuchaytirish. Davlatlar bu o’zgarishlardan ko’p yomon ta’sir oladigan qatlamlarni himoya qilishi.