Isi
Claude Mythos Preview Birinchidan, juda hayron qoladigan trend: Anthropic har ikki oyda oldingisidan yaxshiroq model chiqaryapti. Noyabr oxirida Opus 4.5 chiqqandi. Keyin fevralda 4.6 chiqdi. Yangi Mythos modeli aprelda “chiqyapti.” Boshqa modellardan farqli ravishda, bu model maxsus va birinchi o’rinda dunyoga katta ta’sir qiladigan kompaniyalar va mahsulotlar uchun ishlatiladi. Buning uchun Project Glasswing bir qancha katta kompaniyalarni birlashtirgan: Apple, AWS, Cisco, Google, Linux Foundation, Microsoft, Nvidia va hokazo. Bunaqa jamoani yig’ish uchun model o’ta ishonarli bo’lishi kerak. Anthropic aytishicha, Mythos kiberxavfsizlik bo’yicha zaifliklarni topishga usta: • FreeBSD tizimidagi 27 yillik muammoni topgan • 16-yillik xato esa FFmpeg kodida chiqqan • brauzer va operatsion tizim sandbox’idan chiqolgan. Bunaqa juda kuchli model, albatta, turli ochiq kodli tizimlardan xatolarni topib ulardan foydalanish imkoniyatini ham beradi. Shuning uchun, modelni ishlatishga cheklov bor: keng tarqalgan tizimlar va dasturlar ishlab chiqaradigan kompaniyalarga berilyapti. Menimcha, Mythos’ning chopilgan versiyasi Opus sifatida keyinroq chiqariladi.