TGINSIGHT CHAT
"FikrLAB"
@fikrlabuz
Teknologi"FikrLAB" loyihasining rasmiy telegram sahifasi Loyihada ishtirok etish uchun @fikrlabuzbot ga o'tib ariza qoldiring!
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 3 · 28 postingan
Diposting 2 Mei
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubi a'zolarining navbatdagi uchrashuvi o'tkazildi. Bu gal mehmon sifatida taniqli diktor, nutq mutaxassisi Islom Qoraboyevni taklif etgandik. Jurnalistlar rioya qilish kerak bo'lgan eng muhim nutq qoidalari va nutqni rivojlantirish borasida juda foydali tavsiyalar aytildi! Vaqt ajratganingiz uchun tashakkurlar! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM
Diposting 18 Apr
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlari klubi a'zolarining navbatdagi uchrashuvini o'tkazdik. Bu gal mehmonimiz taniqli telejurnalist, "Oltin qalam" va bir qancha mukofotlar sohibasi Yulduzxon Olimova bo'ldilar🔥 "Jurnalistik surishtiruvlar o'tkazish va tahliliy materiallar tayyorlash" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi. Turli mavzularda asosli va tahliliy materiallarni tayyorlash, auditoriyaga uzatayotgan surishtiruvlarimiz bir yoqlama bo'lib qolmasligi, reportaj yoki ko'rsatuvlarimiz pishiq, puxta bo'lishi uchun talab etiladigan ko'nikmalar haqida gaplashdik! Tashrif uchun tashakkur! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM
Diposting 22 Mar
🇺🇳 Klubimiz a’zosi, “Renessans” telekanali muxbiri Nurullo Rasulov endilikda faoliyatini Nyu-York shahrida – BMT Yoshlar ofisida tajriba orttirish bilan davom ettiradi. Klubimiz nomidan uning boshlanayotgan yangi missisiyasida omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz! @fikrlabuz
Diposting 14 Mar
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvi o'tkazildi. Bu gal mehmonimiz O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi v.b Shuhrat Oripov bo'ldi⚡️ Uyushma faoliyatida endi qanday o'zgarishlar bo'ladi? Yosh jurnalistlar uchun qanday imkoniyatlar yaratiladi? Ana shunday savollarga yangi rahbardan bevosita javoblar oldik. Klub a'zolari mediamizning buguni. Ya'ni gazetalar, telekanallar, saytlar va boshqa OAV larda bugungi kunda faoliyat olib borayotgan yoshlar. Ular bilan muloqot esa media maydonimizdagi ko'plab masalalarni yaqindan his qilish imkonini beradi⚡️ Shuhrat aka Oripov ham har bir berilgan savolga batafsil javoblarni berdilar. Takliflarni esa bittalab yon daftarlariga yozib oldilar. "Uyushma barcha jurnalistlarniki, uni hammamiz birgalikda rivojlantirib, kuchli va jurnalistlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan tashkilotga aylantiramiz", degan fikrlari ayniqsa ko'pchilikni ruhlantirdi🔥 Bugungi ochiq muloqot uchun tashakkur! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM
Diposting 21 Feb
Kontent markazida "FikrLab" klubining navbatdagi uchrashuviga uzoq kutilgan mehmonlarimizdan biri Nozima opa Vohidovani taklif qildik. "Mualliflik dasturlari tayyorlash va ularning xalqchilligini ta'minlovchi jihatlar" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi! Vaqt ajratganingiz va yurakdan bergan bilimlaringiz uchun tashakkurlar! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM
Diposting 18 Feb
Ayni kunlarda poytaxtimizda “Euronews” akademiyasi mutaxassislari tomonidan jurnalistlar uchun treninglar tashkil etilmoqda. Unda yurtimizda davlat va nodavlat telekanallari, internet nashrlari, radio va boshqa OAV vakillari ishtirok etishmoqda. Tinglovchilar orasida Kontent markazi qoshidagi “FikrLab” yosh jurnalistlar klubi a’zolari ham bor🔥 Dastlabki kunlarda televideniye va radio, shuningdek turli sohalar uchun korporativ tadbirlar yo‘nalishida katta tajribaga ega boshlovchi va moderator sifatida faol faoliyat yuritib kelayotgan, “Euronews” ning Bokudagi byurosi rahbari Nadira Tudor spikerlik qildi. Trening mavzusi - “Ixtisoslashgan jurnalistika asoslari” bo‘lib, unda ishtirokchilar sohaviy jurnalistikaning asoslari, axborotni tahlil qilish hamda professional media materiallarni tayyorlashda talab etiladigan ko’nikmalarni o’zlashtirishmoqda. @fikrlabuz
Diposting 15 Feb
Kontent markazida "FikrLab" klubi a'zolarining navbatdagi uchrashuvida "Huquqiy manbalar bilan ishlash" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. Adliya vazirligidan bir emas bir nechta mutaxassislarni taklif etgandik🔥 Qaysidir mavzuni yoki voqeani yoritishda bu masala bilan bog'liq qonunchilik hujjatlari bilan tanishib chiqish, xatoga yo'l qo'ymaslik ko'nikmalari bo'yicha foyda tavsiyalar berildi. Lex.uz ,advice.uz singari platformalardan samarali foydalanishni tushuntirib berishdi, parallel tarzda o'zimiz smartfonlarimiz orqali sinab ko'rdik! Adliya vazirligi mutaxassislariga tashakkurlar! @fikrlabuz
Diposting 7 Feb
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvida uzoq yillik tajribaga ega telejurnalist, siyosiy sharhlovchi Navbahor Karimova mehmon bo'ldilar. "Siyosiy sharhlovchilik va mediada ushbu faoliyatni amalga oshirish ko'nikmalari" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. Vaqt ajratganingiz va ko'p yillik qimmatli bilimlaringiz bilan o'rtoqlashganingiz uchun tashakkur! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM
Diposting 31 Jan
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvida uzoq yillik tajribaga ega jurnalist, teleboshlovchi va "Aloqabank" matbuot xizmati rahbari Hamza Jumayev mehmon bo'ldilar Hamza aka tomonidan "Televideniyeda mualliflik dasturlari tayyorlash, telejurnalist imidji va uslubi hamda ijodiy jamoalarni boshqarish ko'nikmalari" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. Vaqt ajratganingiz va hayotiy tajribalar, aniq tavsiyalar uchun tashakkur! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM
Diposting 24 Jan
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvi o'tkazildi. Mehmonimiz Bojxona qo'mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev bo'ldilar. Uchrashuvda " Axborot xizmati faoliyatini tashkil etish va matbuot kotiblarining jurnalistlar bilan kommunikatsiyasi" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. Klubimiz a'zolari orasida ham keyinchalik axborot xizmatlarida faoliyat olib boruvchilar bo'lishi mumkin. Shu nuqati nazardan uchrashuv juda foydali bo'ldi! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM
Diposting 12 Jan
Yosh jurnalistlar uchun ajoyib yangilik! Kontent markazi qoshidagi "FirkLab" yosh jurnalistlar klubi o'z safiga yangi a'zolarni qabul qiladi🔥 Agar siz 30 yoshgacha bo'lsangiz va O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalarilardan birida rasmiy faoliyat yuritsangiz klubimizga qo'shilishingiz mumkin! @fikrlab_admin ga o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni va bir nechta ijodiy ishlaringizni yuboring! @fikrlabuz
Diposting 10 Jan
Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvi o'tkazildi🔥 Bu gal uzoq yillik tajribaga ega taniqli telejurnalist Gulnoza Husanova mehmonimiz bo'ldilar. "Siyosiy mavzularning OAV da yoritilishi" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi! Vaqt ajratib klubimizga kelganingiz va qimmatli bilim, tajribalaringiz bilan bo'lishganingiz uchun tashakkurlar! @fikrlabuz