TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← "FikrLAB"
"FikrLAB" avatar

TGINSIGHT POST

Post #52

@fikrlabuz

"FikrLAB"

Tampilan95Jumlah tampilan
Diposting14 Mar14/03/2026, 17.18
Isi postingan

Isi

Bugun Kontent markazida "FikrLab" yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvi o'tkazildi. Bu gal mehmonimiz O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi v.b Shuhrat Oripov bo'ldi⚡️ Uyushma faoliyatida endi qanday o'zgarishlar bo'ladi? Yosh jurnalistlar uchun qanday imkoniyatlar yaratiladi? Ana shunday savollarga yangi rahbardan bevosita javoblar oldik. Klub a'zolari mediamizning buguni. Ya'ni gazetalar, telekanallar, saytlar va boshqa OAV larda bugungi kunda faoliyat olib borayotgan yoshlar. Ular bilan muloqot esa media maydonimizdagi ko'plab masalalarni yaqindan his qilish imkonini beradi⚡️ Shuhrat aka Oripov ham har bir berilgan savolga batafsil javoblarni berdilar. Takliflarni esa bittalab yon daftarlariga yozib oldilar. "Uyushma barcha jurnalistlarniki, uni hammamiz birgalikda rivojlantirib, kuchli va jurnalistlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan tashkilotga aylantiramiz", degan fikrlari ayniqsa ko'pchilikni ruhlantirdi🔥 Bugungi ochiq muloqot uchun tashakkur! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM