TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Bugun Kontent markazida “FikrLab” yosh jurnalistlar klubining navbatdagi uchrashuvi o’tkazildi. Mehmonimiz esa uzoq yillik tajribaga ega ustoz jurnalist, “Yangi media ta’lim markazi” asoschisi, Dr. Beruniy Alimov bo’ldilar. Intervyular olishda, reportajlar tayyorlashda ko’pchilik yo’l qo’yadigan xatolar, jurnalistik etiket haqida muhokamalar olib bordik. Intervyuga tayyorlanish bosqichini batafsil ko’rib chiqdik. Suhbatdosh bilan samarali muloqot olib borishda yangicha metodlarni o’rgandik. Bugungi yangi bilimlar va tajribalar faoliyatimizda albatta o'z natijasini ko'rsatadi! Juda qiziqarli va foydali mahorat darsi uchun tashakkurlar🔥 #kontentmarkazi#fikrLab#mahoratdarsi @fikrlabuz