TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← "FikrLAB"
"FikrLAB" avatar

TGINSIGHT POST

Post #32

@fikrlabuz

"FikrLAB"

Tampilan116Jumlah tampilan
Diposting1 Des01/12/2025, 10.33
Isi postingan

Isi

❗️Giyohvandlikka qarshi kurash: ta’sirchan kontentlar, media mahsulotlar, tanlovlar va loyihalar. Amaliy harakatlar milliy dasturidan nimalar kutilmoqda? Bugun Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Narkotik va o‘qotar qurollarni nazorat qilish Agentligi, SSV, DXX, Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mutasaddilari ishtirokida "GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: RESPUBLIKADAGI VAZIYAT, KO‘RILAYOTGAN CHORALAR VA YANGI STRATEGIYALAR" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. ⚡️Qayd etilishicha, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda narkojinoyatlar soni 2 baravarga, noqonuniy muomaladan olingan narkotiklar musodarasi 67 foizga oshgan bo‘lsa, sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 80 baravarga keskin ko‘paygan. 2024 yilda huquq-tartibot idoralarining sa’y-harakatlari natijasida 5 ta yashirin narkolaboratoriyalar faoliyatiga chek qo‘yilgan bo‘lsa, joriy yilning 10 oyida ushbu ko‘rsatkich 12 tani tashkil etgan. Joriy yilning 10 oyida respublikada 12 848 ta narkojinoyat aniqlanib, 2 tn 761 kg narkotik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan hamda iste’molga chiqib ketishining oldi olingan. 👍 Ma’lumot uchun: Joriy yilning 3 noyabrdagi kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi” qabul qilindi. Milliy dasturda belgilangan ustivor yo‘nalishlar yuzasidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan kuch tuzilmalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan ishchi yig‘ilishda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. ❓Giyohvandlikka qarshi kurashishda qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi? 🔵 Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarga nisbatan qo‘llanilayotgan muqarrar jazo haqidagi ta’sirchan kontentlar tayyorlanadi; 🔵 Taniqli san’atkorlar, xonanda, aktyor, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari bilan hamkorlikda “Yoshlar bilan birgamiz” loyixasi yo‘lga qo‘yiladi; 🔵 Qisqa va chuqur ma’noga ega bo‘lgan media mahsulotlar tayyorlanib, voyaga yetmaganlar auditoriyasini inobatga olgan holda ular ko‘p vaqt o‘tkazadigan tarmoq sahifalarida hamda LED-ekranlar orqali yoritilishi ta’minlanadi; 🔵 Badiiy va hujjatli filmlar, ko‘p qismli seriallar, teatr tomoshalarida yoshlarni qurshab olayotgan jinoyat turlarining ayanchli yakunini, ta’lim faoliyati, talabalar turar joyi va boshqa hayotiy ko‘rinishlarda namoyish etish yo‘lga qo‘yiladi; 🔵 “STOP NARKO” Telegram-boti modernizatsiya qilinib, tunu kun ishlaydigan ishonch telefoni tashkil etiladi; 🔵 Xulq-atvordagi o‘zgarishlar va ijtimoiy muhit asosida xavf guruhidagi o‘smirlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etilib, Mahalla hududlarida Ichki ishlar vazirligi mas’ulligida yoshlar patrullik guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; 🔵 Maktablar, liseylar va OTMlarda “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi, narkomaniya profilaktikasiga bag‘ishlangan rasmlar, insho va teatr sahnalashuvlari tanlovlari o‘tkaziladi; 🔵 Giyohvand moddalar tarqatilishi, ular saqlanadigan joylar va uyushgan jinoyatchilik domiga tortish haqida ishonchli ma’lumot taqdim etgan fuqarolarni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish mexanizmi joriy qilinadi. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM