TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← "FikrLAB"
"FikrLAB" avatar

TGINSIGHT POST

Post #40

@fikrlabuz

"FikrLAB"

Tampilan115Jumlah tampilan
Diposting6 Des06/12/2025, 14.48
Isi postingan

Isi

Bugun Kontent markazida “FikrLab” yosh jurnalistlar klubi a’zolari uchun o’zgacha uchrashuv bo’ldi. Sababi bu gal mehmon sifatida 12 yil O’zbekistonning Afg’onistondagi favqulotda va muxtor elchisi sifatida faoliyat olib borgan Yodgorxo’ja Shodmonovni taklif etgandik. Yodgorxo’ja akachalik Afg’onistonni va u yerdagi jarayonlarni yaqindan biladigan odam bo’lmasa kerak deb o’ylagandik, adashmagan ekanmiz... Yodgorxo’ja aka so'zlab bergan vaziyatlarni juda ko’pchilik hozirgacha faqat kitoblarda o’qigan yoki kinolarda ko’rgan bo’lsa kerak. Afg’oniston bilan Markaziy Osiyo va jumladan, O’zbekiston munosabatlari haqida juda foydali ma’lumotlar oldik. Mintaqamizdagi vaziyatni chuqurroq anglashimiz uchun ayni muddao bo’ldi! P/S: Bugungi uchrashuvdan keyin yana Yodgorxo’ja aka kabi insonlarni, amaldorlarni ham klub yig’inlariga taklif etish va ochiq muloqot tarzida muhokamalar olib borish fikri tug’ildi. A’zolar o’z nashrlarida ham ushbu suhbatlarimizni e’lon qilib borishsa omma uchun ham qiziq bo’lsa kerak. Keyingi uchrashuvlarimizga kimlarni taklif etsak, ulardan oladigan javoblarimiz sizga ham qiziq bo’ladi? Ushbu post ostiga yozib qoldiring! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🚀TELEGRAM📷INSTAGRAM