TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT CHAT

IKAR | FACTOR BOOKS

@ikar_factor

Buku

“IKAR” | “FACTOR BOOKS” loyihasi http://myurls.co/ikarfactorbooks

Pelanggan176Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak476Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini24,271Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 33 dari 40 · 476 postingan

Diposting 9 Sep

#Ikar_iqtibos ...Mana, hozir sen kirib kelasan. To‘satdan. Tashvish bilan, to‘polon bilan. Olma olib kelasan, jaydari olma! “Chantrimore-e!”, deysan qulochingni keng yozib. “Kalamakatore!”, deyman men... ©Erkin A’zam, “Anoyining jaydari olmasi” kitobidan Telegram | Facebook | Instagram

1,700 views

Diposting 8 Sep

#IKAR_juftliklar Abbreviaturani biroz o‘zgartirdik, o‘zimiz uchun! #Ilk_katta_oilaviy_raqobat! (“A” harfiga mos, shu ma’noni ifodalab beradigan birorta so‘z topolmadim, uzr-da) Turmush o‘rtog‘im qo‘lidan qo‘ymay “IKAR”ni birma-bir o‘qib yuribdilar! O‘zim uchun alohida sotib olib, ulardan o‘zib ketishga qaror qildim. Avtomobil imkoniyati esa, yana ham g‘ayrat beryapti! 😉 Agar bosh sovrin mobodo bizga berilsa 🤩, o‘zaro kelishmovchilik bo‘lmasligi uchun taassurotlarni yozib boramiz)) Kimni taassuroti qanday, bu yog‘iga baho berasiz! 🤗 Mutolaani sevadigan #ikar_juftliklar ko‘p deb o‘ylayman! Safimiz kengaysin! ©Iroda Muxiddinova, IKAR kitobxoni Telegram | Facebook | Instagram

2,480 views

Diposting 8 Sep

946 views

Diposting 8 Sep

📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti. Geologiya va geoinformatsion tizimlar hamda Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetlari kirish eshigi oldidamiz! 🗺 Xaritaga havola:https://maps.google.com/maps?f=q&q=(41.3508781,69.2047948)

786 views

Diposting 8 Sep

“Mutolaani boshladim. Kitobimning hamma yeri chizilib qolyapti...” 🕸 Qancha kitob javonlarda o‘qilishini kutib, chang bosib yotibdi. Bugun deyarli har kuni yangi asar nashr etiladi. Ammo ularning qay biri bu darajada o‘qilayotgani bizga qorong‘i. Muhimi, maqsadimizga erishyapmiz. Insonlar o‘qiyapti, o‘qigandayam, yozib, chizib mutolaa qilyapti! 📚 O‘qing, mayli, kitoblar titilib ketsin. Varaqlari yirtilib, qo‘lma-qo‘l o‘qilsin. Biz rozimiz! 🪶 “Men kitobman mashhur, nomimni, afsus, Qarovsiz yillarning changlari bosgan. Men pichoqman, keskir damimni nafsiz, Yaroqsiz qoʻllarning zanglari bosgan. Meni tushunsaydi odamlar — Titiliii-ib ketsaydim... Katiliii-ib ketsaydim...” *Ayni paytda IKAR to‘plamidagi qaysi asarni o‘qiyapsiz? Izohlarga mutolaa jarayonidan rasm tashlang, bizga qiziq😊👇 Telegram | Facebook | Instagram

2,860 views

Diposting 7 Sep

SIZDA IKKITA YO‘L BOR: KELISH YOKI KELMASLIK. VA ATIGI 2 KUN! 🚇 Metroga tushasiz. “Beruniy” bekatidan chiqasiz. Ozgina piyoda yursangiz, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. 8-9-sentyabr kunlari sevimli nashriyotingiz shu yerda bo‘ladi! 🌟 “Factor books” kitoblarini xarid qilish, jamoamiz bilan uchrashib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkonini qo‘ldan boy bermang! 🤩 Vaqtingizni mazmunli o‘tkazib, sevimli kitoblaringizni qo‘lga kiriting va yangi o‘quv yilini qaynoq mutolaa zavqi bilan qarshi oling! 📚 Kitob o‘qish uchun sabab topolmayapsizmi? Keling, o‘zimiz topib beramiz! @Factor_books — kitobxonlar tomondamiz!

905 views

Diposting 7 Sep

Oxirigacha o‘qing, qarshi bo‘lmasangiz, albatta! • Biz IKAR loyihasini boshladik. Qarshi bo‘lmasangiz, albatta! • Sizga eng sara o‘zbek adabiyotini o‘qitmoqchimiz. Qarshi bo‘lmasangiz, albatta! • Kitoblarni bepul yetkazib ham bermoqchimiz. Qarshi bo‘lmasangiz, albatta! • To‘rtta kitobni o‘qib, uqib, IKAR loyihasida g‘olib bo‘lgan insonga avtomobil sovg‘a qilmoqchimiz. Qarshi bo‘lmasangiz, albatta! • Vazifamiz oliy, maqsadimiz mushtarak. Bizga yelkadosh bo‘ling! 👉 NIZOM BILAN TANISHING. QARSHI BO‘LMASANGIZ, ALBATTA! 👈 📌 Batafsil ma’lumot: 📞+998950359511 📞+998950799511 📲 BUYURTMA BERISH 👈 Telegram | Facebook | Instagram

4,870 views

Diposting 6 Sep

🎯 IKAR loyihasining maqsadi yurtimizning eng chekka hududlarigacha kirib borib, kitobxonlarni izlab topish, kashf etish va munosib rag‘batlantirishdan iborat! 📌 Batafsil ma’lumot uchun hoziroq qo‘ng‘iroq qiling: 📞 +998950359511 📞 +998950799511 🫵 Siz o‘z IKARingizga buyurtma berdingizmi?👇 📲 BUYURTMA BERISH 👈 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

1,250 views

Diposting 5 Sep

📚 Xurshid Davron kutubxonasi. Noyob adabiyotlarni o‘z ichiga olgan bebaho xazina. Va bu yerda kuymalanib yurgan, 1997-yildan beri kitobi nashr etilmagan ustoz Xurshid Davron. IKAR doirasida “Samarqand xayoli” chop etilgani ajoyib tuhfa bo‘ldi, ustozga ham, kitobxonlarga ham! 🥰 Jamoamiz bilan ustozning xonadonida bo‘ldik. Xurshid Davronga ham IKAR to‘plamini topshirdik. U kishining hayrat-u quvonchini siz bilan bo‘lishamiz. 📜 Aytgancha, IKAR to‘plamidagi Xurshid Davronning “Samarqand xayoli” kitobidan ustozning tarixiy badialari o‘rin olgan. Ular fikratingizda o‘tmishning sirli sahifalarini kashf qiladi, tasavvuringizni charxlaydi. O‘zligingizga xush kelibsiz! Telegram | Facebook | Instagram

3,220 views

Diposting 5 Sep

«Ikar» kitoblari yuzasidan boʻladigan qoʻngʻiroqlarga baʼzan men javob beraman. Kitobxonlar soʻraydigan eng asosiy savollarga toʻxtalmoqchiman. – Viloyatda turaman. Kitobni qanday olsam boʻladi? – Bizda yetkazib berish bepul. – Tanlovda yutish uchun kitoblarni yodlab chiqish kerakmi? – Tushunib oʻqish kerak. Testlar kitoblar asosidagi mantiqiy savollardan iborat boʻladi. – Testga qatnashish uchun Toshkentga borishimiz shartmi? – Yoʻq, istalgan hududdan telegramdagi @factor_ikarbotorqali qatnashish mumkin. – Men ham qatnashsam yuta olamanmi, bolam? – Yosh chegaralanmagan, imkoniyatingiz bor. – Promokod xato deyapti. – Siz oʻz raqamingizni kirityapsiz. Uni pochtadagilar yozgan. Futlyar orqasida yashirin raqam bor, oʻshani oʻchirib, botdan roʻyxatdan oʻtasiz. – Pulini yutgandan keyin tashlab bersam boʻladimi? – 😁 – Menga sovgʻa qilmaysizmi? – 😄 – Moshinni bervoringizlar, keyin, mayli, oʻqiyman. – 😅 – Kitoblar oʻzbek tilidami? Inglizcha kitob yoʻqmi? – 😂😢 T.me/katarsis_kundalik

828 views

Diposting 4 Sep

#masalanda😌☺️ 😌Masalan men loyiha tashkilotchisi bo‘lmaganimda, shu to‘rt mo‘jiza kitobni tanlov bo‘lmagan taqdirda ham o‘qirdim.📚 🤩 Shunday katta yutuqli tanlov ekanini bilsam, hatto shu to‘rt kitobni yodlab olardim. Chunki arziydi, mualliflar ham, sovrin ham 👌 @ikar_factor – mukofot haqiqiy kitobxonniki 😎

796 views

Hashtags

Diposting 3 Sep

🙏 IJARA UYNI TEZROQ HAL QILIB, MUTOLAANI BOSHLANG... 🧠 O‘qimoqchimisiz, marhamat! IKAR sizga muntazir. Munosib rag‘batlantirishni bizga qo‘yib bering. Atigi to‘rt dona kitobni zo‘r o‘qing, so‘ng avtomobilni olib ketavering! 👀 Har doim yangi o‘quv yili boshlanib, talabalar ta’lim muassasalariga qaytishi bilan ijara uy masalalari bilan gohida 1 yil o‘tib ketadi. Axir, Siz o‘qishga ijara uy qidirish uchun kirmagansiz-ku! 🔥 Maqsadni aniq qo‘ying, harakatni hoziroq boshlang! Mayda-chuyda ijara uy yoki yotoqxona muammosi orzularingizga to‘siq bo‘lishi, porloq kelajagingizga bolta urishiga yo‘l qo‘ymang. Sizni buyuk ishlar kutmoqda! P.s. “Bollarga” 1 xonali, “xozyayinli” bo‘lsa ham “kvartira” yo‘qmi? Tanishlar so‘rayotgandi...😁 📞 +998950359511 📞 +998950799511

3,630 views
12•••10•••20•••303132333435•••3940