TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT CHAT

IKAR | FACTOR BOOKS

@ikar_factor

Buku

“IKAR” | “FACTOR BOOKS” loyihasi http://myurls.co/ikarfactorbooks

Pelanggan176Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak476Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini66,980Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 39 dari 40 · 476 postingan

Diposting 19 Mei

#Jarayon 💥 Tez kunda ustozlar davrasini tashkillashtirib, kitobxonlarimizga ularning qizgʻin suhbatlari-yu oʻtkir fikrlari, samimiy emotsiyalarini ulashmoqchimiz! 😅 Ilohim, bizning eyforiyamiz (taʼsiridan chiqolmay, mamnun iljayib yurish holati) sizga ham yuqsin, soʻzga, kitobga muhabbat koʻnglingizga tinchlik bermasin! ⭕️ You Tube:https://m.youtube.com/watch?v=FeThczQAdGI 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

5,450 views

Hashtags

Diposting 19 Mei

🤲 DUO TAQDIRNI HAM O‘ZGARTIRADI... 🙏 Katta loyiha oldidan ustozlarning duosi jamoamizga katta dalda boʻlyapti. Salohiyatli, soʻz qadrini biladigan xassos insonlar bilan hamkorlik qilish ruhimizni tetiklashtiryapti. Mana shunday zabardast, zabardastligi qadar kamtar insonlarning yonimizda ekani masʼuliyat va gʻayratimizni yana-da oshirmoqda! 🤓Ustoz Xurshid Davronning nashriyotimizga kelib, dildan suhbatlashib, nasihat bergani, ustoz Erkin Aʼzam koʻp yillik noshirlik tajribasini beminnat ulashayotgani, ustoz Murod Muhammad Doʻstning samimiy kutib olib, qoʻllab-quvvatlagani, ustoz Usmon Azimning tez-tez qoʻngʻiroq qilib, toʻgʻri yoʻl koʻrsatayotgani ishtiyoqimizni har bosqichda oʻt oldirib, alangalatmoqda! 🔜Kuting, hali bunaqasi bo‘lmagan... 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

4,560 views

Diposting 18 Mei

“Factor books” нашриётининг туҳфаси атоқли адиб Эркин Аъзамга ҳам топширилди

1,140 views

Diposting 18 Mei

Бугун кун бир неча учрашувда бўлдим. Дастлаб Киночилар уйида (Панорамада) Ислом цивилизацияси маркази учун улуғ мутафаккир боболаримизга бағишланадиган қисқа метражли бадиий ва анимацион фильмлар тайёрлаш билан боғлик кенгашда қатнашдим. Кейин “Factor books” нашриётига бориб тарихий ҳикоялар ва қиссалардан тузилган Самарқанд хаёли" китобимнинг лойиҳа нусхасини олдим. Нашриёт ижодкорлари билан кейинги режалар ҳақида суҳбатлашдик. Баланд кайфиятда кейинги учрашувга бордим. Бу учрашув Ўзбекистон Мучулмонлари идораси Кўкалдош ўрта махсус ислом билим юртида бўлиб ўтди. Билим юрти мудири Муҳаммад Амин Носир ва кўп йиллик қадрдоним ёзувчи Орзиқул Эргаш билан билим юрти фаолиятининг ажралмас қисмига айланажак ноширлик масалалари юзасидан гурунглашдик. Тошкентга келганимга эллик йилдан ошган бўлса-да бирон марта кирмаган Кўкалдош мадрасасининг шинам ва қадимий ҳовлисини айланиб, кўнгил яшнади.

1,320 views

Diposting 16 Mei

#tanlov 👌ENDI KITOB O‘QISH — “MODA”! 🧑‍🌾 Haqiqiy kitobxonlarni kashf etish vaqti keldi: shunday dehqonlarni bilamiz — mingdan ortiq kitob o‘qigan! Shunday cho‘ponlar bor, eng noyob adabiyotlardan iborat xazinaga ega! Kosib yoki sartaroshlar borki, kuni mutolaasiz o‘tmaydi. 💥“Factor books” nashriyotining “Ikar” loyihasi doirasida eng zabardast ustoz ijodkorlarimiz: 📕 Usmon Azim; 📗 Erkin Aʼzam; 📘 Murod Muhammad Doʻst; 📙 Xurshid Davron asarlari chop etilmoqda! ❗️Diqqat! Kitoblar respublikamizning eng chekka nuqtasigacha narxi o‘zgarmagan holda yetkazib beriladi! 🤓 Tanlovda istalgan kitobxon istagan joyidan turib ishtirok etishi mumkin. Mukofotning eng quyi miqdori 50 million soʻm! Davomi bor... 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

20,600 views

Hashtags

Diposting 11 Mei

🤲KATTA YO‘LGA USTOZLAR DUOSI BILAN CHIQAMIZ! 🤩 Va nihoyat “Ikar” to‘plamining ilk kitobi nashrdan chiqdi. Tez orada qolgan uchalasi ham chop etilib, to‘plam holida sotuvga chiqadi! 🔥 Daryoqalb, jo‘shqin ijodkor, o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Usmon Azimning “Bir parcha osmon” kitobi ustozning o‘zlariga ham juda ma’qul bo‘ldi. Muallifning insonni sel qiluvchi turli janrdagi asarlarini o‘qib, mamnun bo‘lasiz, degan umiddamiz. Ustoz loyihamizni qo‘llab-quvvatladi va oq yo‘l tilab, duo berdilar. Biz tayyormiz! 🔜 Oz qoldi, hademay qolgan asarlar ham nashr etiladi hamda ustozlar duosini olib, qo‘lni shimargan holda, g‘ayrat va shijoat bilan tanlovga start beramiz! 💥 Tez kunda barcha sirlarga aniqlik kiritiladi. Ishonavering, hali bunaqasi bo‘lmagan! 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

5,900 views

Diposting 30 Apr

🍏 ANOYINING JAYDARI OLMASI... 🪶 Erkin Aʼzam — Shukur Xolmirzayev “ochgan ariq”dan suv ichgan adibdir. Adabiyotimizga tuhfa etgan turli janrdagi go‘zal ASARlari uchun har qancha minnatdor boʻlsak arziydi! 🔏 Erkin Aʼzam asarlarini choʻkirtikanak gaplar, istehzo-yu kinoyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Gulmix jumlalar, soʻzni zargarona, “chertib-chertib” ishlatish yozuvchining noyob mahoratidir. Bu adib feʼl-atvoridagi sanjoblik bilan chambarchas bogʻliq. ❗️Erkin Aʼzam xonaki adabiy udumlar-u oʻtkinchi bayonchilikdan yiroq yozadi, sodda qishloq odamlarini ham, murakkab xarakterli shaxslarni ham nihoyatda teran ifodalaydi. 💥 Tez kunda adibning “jaydari olmalar”idan birga bahramand boʻlamiz... 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

4,750 views

Diposting 29 Apr

☁️ BIR PARCHA OSMON... 🪶 Usmon Azim — yorqin xarakter sohibi. Uning oʻziga xos qiyofasi, nigohi, hatto soʻzlash ohangi bor! Bu har bir sheʼr-u bitiklarida yaqqol koʻrinib turadi... 🕯 Qiyofasiz ijodkorning oʻzi ham, soʻzi ham birovlarning soyasi bo‘ladi. Usmon Azimning esa bir turkum sheʼri yoki turli janrdagi qoralamalari imzosiz eʼlon qilinsa, zukko oʻquvchi uni qiynalmasdan payqashiga ishonchimiz komil. Soʻz, ohang, mavzu, obrazda originallikka erishgan ijodkor uchun bu juda katta eʼtirofdir! 🖌 Usmon Azim shoir boʻlib tanilgandan beri oʻzini yozadi! Bu “Oʻz” goh masrur oʻgʻil, goh beparvo uka, goh oqibatli doʻst, goh qaysar oshiq, goh roʻzgʻor tashvishlari-yu turmushning keraksiz hashamatlariga koʻmilgan er, goh murosasiz kurashchi, goh faqatgina yolgʻizlik va erk istagan ozurda qalb sohibi sifatida namoyon boʻladi... 💥 Tez kunda, yerda yurgan bir parcha osmonning navbatdagi ko‘ngil hodisalaridan bahramand bo‘lasiz... 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

4,610 views

Diposting 28 Apr

🌬 “IKAR”DAN ILK SHABADALAR! 💥 Loyihamiz doirasida chop etilayotgan sevimli adibimiz, davlat arbobi Murod Muhammad Do‘stning “Galatepaga qaytish” hamda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning “Samarqand xayoli” kitoblarini o‘qishni istarmidingiz? 👀 Ha, deysizmi, demak ADABIYOTga befarq emassiz! Falon million so‘mga kiyim-kechak olib, obro‘-e’tiborni shu bilan o‘lchaydigan, maqtanadigan, qorindan tepasini o‘ylamaydiganlar sirasiga kirmaysiz! Safimizdaligingizdan mamnunmiz... 🤠 “Ikar” — o‘zbek adabiyotida katta burilish! Kitobsevarlarni, ilm ahlini birlashtiruvchi, yurtimizda mutolaaga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiruvchi mega-loyiha! 🙃 Yangiliklar, jarayonlar va tanlovning o‘tkazilish tartibidan bexabar qolmaslik uchun bizni kuzatib boring! Ishoning, oz qoldi...👇 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

4,270 views

Diposting 28 Apr

#Tez_kunda Yaxshi-da, odamlarning oʻrtasida nimadir boʻlgani yaxshi – odam ekanini eslatib turadi. ©Erkin A’zam, O‘zbekiston xalq yozuvchisi 🔥IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

5,840 views

Hashtags

Diposting 27 Apr

#Tez_kunda Mamlakat kufr bilan turishi mumkin, lekin zulm bor yerda turolmaydi... ©Xurshid Davron, O‘zbekiston xalq shoiri 🔥IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

3,860 views

Hashtags

Diposting 26 Apr

#Tez_kunda — Ko‘p yaxshi gaplarning balandparvoz bo‘lib tuyilgani yomon. Aslida, ular hammamizga daxldor, hammamizning ko‘nglimizda bor. Vatan, sadoqat va fidoyilik qalbda yashagani ma’qul, qonda e’tiqod bo‘lmasa, eng ulug‘ shiorlardan ham zarracha naf yo‘q. Shularni o‘ylab, kamsuqumlik bilan miq etmay yuramiz, qarabsanki, o‘zimiz ham sezmagan holda chekkaga chiqib qolibmiz... ©Murod Muhammad Do‘st, O‘zbekiston xalq yozuvchisi 🔥IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!

4,680 views

Hashtags

12•••10•••20•••30•••37383940