Postingan terbaru
Hal. 1 dari 9 · 103 postingan
Diposting 23 hari yang lalu
- Yo'ldagi tirbandliklar ham hikmat aslida - Qanday qilib? Hikmat sanga bir-nimalarni o'rgatsa, tirbandlik nimani o'rgatadi? - Bir kuni tirbandlikda 3 soat qolib ketdim va bir narsani angladim: hech bir hodisa biz bandalarning qo'lida emas. Ba'zida shunchaki vaziyatni qabul qilib, yo'lda sekin bo'lsa ham davom etish kerak ekan. - Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo! @islmbkhtrv
Diposting 23 hari yang lalu
Inson tanasi mo'jiza 1 hafta avval oyog'imni qattiq shikastlab oldim, gips bo'ldi. Gips bo'lgan oyog'imni bosmasdan yursam, o'zi tuzalib ketishini aytdi. Avval o'ylab ko'rmagan ekanman, inson tanasi Allohning mo'jizasi ekan, yurolmaydigan holatdan qayta tiklanish uchun yurmaslikni o'zi kifoya, o'zidan-o'zi tuzalib qoladi. Mehmet tabibning instagram sahifalarida shunga o'xshash ma'lumotni eshitgandim: "Inson organizmi o'zini-o'zi davolaydi". Bu mo'jiza emasmi? @islmbkhtrv
Diposting 4 Apr
Ba’zan qorongʻulikda boʻlish kerak, yorugʻlikni qadriga yetish uchun. Ba’zida dam olib turish kerak, yana zavq bilan ishni davom ettirish uchun. Ba’zan yolgʻiz qolish kerak, yaqin insonlarga muhabbat boʻlib turishi uchun. Ba’zida chalgʻib turish kerak, chalgʻimaslik uchun)) P.s.: Uyida sveti oʻchib qolgan odamning fiklari) @islmbkhtrv
Diposting 25 Mar
Muammolarimizga yechimlar, fikrlash doiramizning tashqarisida Biz o'zi nimani muammo deb bilamiz? Javobini, yechimini bilmaydigan savollarni. Javobi bizda nega yo'q? Chunki bilim yo'q. Yechimini bilsak, uni muammo deb hisoblamasa ham bo'ladi. Mana nega fikrlash doiramizni kengaytirib borishimiz kerak. Mana nega doim yangi bilimlarga, tajribalarga och bo'lishimiz kerak. stay hungry, stay foolish. @islmbkhtrv
Diposting 12 Mar
to'g'ri insonlardan albatta
Diposting 12 Mar
Qo'rqaman Dunyoqarashim kengaymasligidan. Bir yil avval muammo deb bilganim haligacha muammoligicha qolishidan. Kamchiliklarimni ko'rmaslikdan. Bir fikrga yoki tushunchaga ishonib, yangilari kelsa rad etishdan, keyin o'z qobig'iga kirib olib rivojlanmaslikdan qo'rqaman. O'tgan hayotimga qarasam ko'p narsalarga shubha bilan, ikkilanish bilan qaraganman, kamdan kam holatlarda fikrim to'g'ri ekanligiga 100% ishonganman. Bu balki yomondir, lekin man yaxshi tarafini ko'rishga harakat qilyapman. Hayot tajribam kamroq, ikkilanish normal, to'g'ri fikr, tushunchalar qidirayotganim uchun shunaqa bo'lyapti, undan tashqari, fikrim 100% to'g'ri ekanligiga ishonchim komil emas. Shundan kelib chiqib doim yangi fikrlarni, feedbacklarni qabul qilishga harakat qilaman (to'g'ri insonlardan albatta). Shunday insonlarni ko'rganman, hayotda o'z dunyoqarashiga, fikriga, tushunchasiga qattiq ishonadi, to'g'ri deb biladi (aslida noto'g'ri bo'lsa ham), shu tariqa o'zini aldab yuradi. Unday bo'lmanglar, zero inson o'zini kamchiligini ko'rmaydi. Ingliz tilida "open mind" degan tushuncha bor, bu - insonning yangi fikrlar, qarashlar va tajribalarga ochiq ekanligini anglatadi. Please open your mind) @islmbkhtrv
Diposting 25 Jan
F*ck happiness F*ck suffering! Bu — Hormozining Tony Robbins bilan bo'lgan bir soatli podkasti. Foydali suhbatlar ko'p podkast davomida. Lekin, mani qiziq bir joyi ko'proq diqqatimni tortdi. Hormozi tabiatan ishga mukkasidan ketgan. Har bir uyg'oq soati borki, ishlaydi. Va u Tony Robbinsga shu xarakterining katta MINUSI haqida gapirdi. "Man har bir uyg'oq soatimda ishlayman. Muammo shundaki, ishdan tashqari hayotimda qiziqroq narsa qolmagan. Va "f*ck happiness" degan shiorda to'xtaganman" Bu degani, xursand bo'lishga majbur emasman, hayot xursand bo'lish uchun emas degan shiorga kelib qolish. Shunda, Robbinsni javobi manga yoqdi. Unga ko'ra, "Inson bu hayotda robotdaka yashay olmaydi. Hayotda yashashni, undan mazza qilishni o'rganishi kerak. Va baxt bu — insonning tanlovi", — deb javob beradi. Bu fikrga qo'shilaman. Yuqoridagi videoda "jiddiylik" esidan chiqib, mazza qilib kulganida — Tony "mana bu boshqa Alex" deb qo'li bilan ko'rsatgan. Erkaklar qanday qilib jang qilishni biladi. Qanday qilib g'alaba qozonishni biladi. Qanday qilib pul topishni biladi. Lekin, qanday qilib o'zini xursand his qilishni bilmay qoladi. Ba'zida, kulish esidan chiqib ketadi. Rostan ham muvaffaqiyatli insonlarning ko'pchiligi stressda bo'ladi. Ba'zilari hatto, shu darajada noreal tuyilgan maqsadlarga erishadiki, oxirida hayotdan maqsadini yo'qotib qo'yadi. Ha, yo'l qiyin. Qiynoq, og'riqsiz buyuk maqsadlarga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham maqsadlaringiz "suffer" qilishga, ya'ni qiynalishga arziydigan darajada katta bo'lishi kerak. Lekin, bu degani — hayotingizdan, Alloh sizga bergan ne'matlardan lazzatlanmaslik kerak degani emas. Naval Ravikant aytganidek, agar siz aqlli bo'lsangiz, qanday qilib o'zingizni baxtli his qilish qo'lingizdan kelmaydi? Rostan ham bu tanlov. Chunki, bizga berilgan bu imkoniyatlarga cheksiz shukr qilish mumkin. Baxtli his qilish mumkin. Kulish uchun sabab topish mumkin.
Diposting 15 Jan
1 yil oldingi Islom o'z fikrini erkin ifoda qilolmasdi, hozir fikrlarini yozib boradigan blogi, instagramda akkaunti bor. 1 yil oldingi Islom xato qilsa, motivatsiyasi tushib, hech narsa qilgisi kelmasdi, hozir esa muvaffaqiyatga faqat davom etibgina erishish mumkinligini tushunib yetdi. 1 yil oldingi Islom o'z hissiyotlarini unchalik yaxshi tushunmasdi, hozir esa emotsiyalarni boshqarishni o'rganyapti. Oldingi Islom hozirgisidan kuchsizroq edi. Xulosa. Solishtirishimiz kerak bo'lgan yagona inson bu eski o'zimiz, solishtirganda ham moliyaviy jihatdan emas, ma'naviy jihatdan solishtirgan afzal deb bilaman. Fikrlash, dunyoqarash. Chunki ma'naviy rivojlangan inson, boshqalarga kerakli odam bo'ladį, boshqalarga kerak odam esa har doim yaxshi pul topadi. O'ylaymanki, ichki boylik, tashqi boylikdan muhimroq. @islmbkhtrv
Diposting 10 Jan
Hamma muammolarga yechim bo'la oladigan bu... Bu - baxt. Baxt qayerda bo'ladi? Birinchi navbatda uyda. Uy qachon baxtga to'ladi? Qachonki oila bo'lsa. Oila qachon baxtli bo'ladi? Tinch, osuda bo'lsa, hamma bir-birini sevsa, tushunsa, qo'llab quvvatlasa. Baxtli insonning ishi o'xshamasa siqilmaydi, chunki uning qo'llab quvvatlovchi oilasi bor. Baxtli inson ishlab charchamaydi, chunki uning tinch, osuda oilasi bor. Baxtli inson yaxshilik ulashib charchamaydi, chunki uning sevuvchi oilasi bor. Oila - bu sevgi, kuch, xotirjamlik. Oila bu hamma narsa. @islmbkhtrv
Diposting 30 Des
Birga bo‘lganingizda vaqt qanday o‘tganini sezmaydigan yaqinlaringiz borligi ne’mat Bunday insonlar bilan vaqt o‘tkazib xotirjamroq bo‘lasiz, ma’naviy dam olasiz, o‘zingizni tahlil qilasiz, kulishasiz, jamiyatdagi muammolarni muhokama qilasiz. Ular bilan soatlab vaqt o‘tkazish, xuddi terapiyadek gap. Hozirgi zamonda bunday insonlarni topish qiyin, menda borligi uchun shukrlar bo‘lsin. Oqibat yoqolmasin. Boringizga shukur Habibulloh, Shahzod aka.
Diposting 24 Des
Yaqinda 22 ga to'ldim. Shu sababli hayotim davomida tushunib yetgan 22 ta xulosalarim bilan bo'lishmoqchiman. 1. Hamma gap o'zimizda. Hayotimizda nima bo'lsa ham o'zimizdan ko'rishimiz kerak, chunki hozirgi holatimiz o'tishdagi qarorlarimiz natijasi. 2. Shaxsiy fikringizni shakllantirmasangiz boshqalar sizni shakllantirib qo'yadi. Shaxsiy fikr bo'lishi muhim, bo'lmasa qo'ydan farqimiz qolmaydi. 3. Hech qachon 100% tayyor bo'lmaymiz. Shunchaki boshlash kerak, jarayonni o'zi bizni tayyorlaydi. 4. Moslashuvchanlik hozirgi zamonning eng muhim ko'nikmasi. 5. Noto'g'ri qaror qabul qilmoqchi bo'lsangiz, boshqalardan maslahat so'rang. Shuning uchun bilganingizni qiling) 6. Hammaning o'z yo'li bor, mani yo'limda ishlagan qoida, siznikida ishlamaydi. Har birimiz unikalmiz. 7. Hamma gap fikrlashimizda. Fikrlashni o'stirsak o'zimiz ham o'samiz. 8. Kam pul topayotganimiz bizning muammoyimiz, rahbarimizni, uydagilarni yoki boshqalarni emas. 9. Sog'liqqa e'tibor berish, inson ulg'ayganligini belgisi. Kasal bo'lib yotganingizda hech kim sizning joningizga oro bo'lolmaydi. 10. Hayotimiz ijtimoiy tarmoqlardan qancha uzoqda bo'lsa, shuncha tinchroq va baxtliroq. 11. O'z oilasini yoki ayolini ijtimoiy tarmoqlarda olib chiqayotganlar TUPOY. 12. Yoshlik paytida shug'ullanish mumkin bo'lgan eng ahmoqona ish bu - munosabatlarda bo'lish. 13. Sizni tushuna oladigan insonni topish juda muhim. Shunday inson bilan 1-soat suhbat haqiqiy terapiya bo'ladi. 14. Inson o'zgarmaydi, inson asl yuzini ko'rsatadi. 15. Bilgan odam ko'p gapirmaydi, ko'rsatadi. Ko'p gapirgan odam bilmaydi. 16. Har doim ham yoshi katta degani, toʻgʻri gapiryapti degani emas. 17. Qoʻrquv doim ham yomon emas, ba’zida u bizni harakatga soladi. 18. O'z yoshiga nisbatan katta fikrlaydigan insonlar, o'z vaqtida buning uchun badal to'lashgan. 19. Atrofdagilarimiz fikrlashimizga katta ta'sir o'tkazadi. Shuning uchun kimni fikrini eshitish, kimga ergashish kerak va kimdan maslahat so'rash kerakligini yaxshilab o'ylash lozim. 20. Inson boshi borib devorga urilsa tushunib yetadi. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. 21. Biz bu dunyoga shunchaki kelmaganmiz, har birimizning o'z missiyamiz bor, uni topib shu yo'lda harakat qilishimiz kerak. 22. Uy 4 devori bor makon emas, uy bu sizni sevadigan inson. ---- ----- ----- Дoм - не четыре стены и крыша, Он нe покупается за рубли. Дом - это там, где слушают, там, где слышат, Хотя вы ни слова не произнесли. Дом - не посуда, диван и двери, Не занавески в квадрат окна. Дом - это там, где в тебя поверят, Там, где ты учишься верить сам. Там, где встречают родные люди, Где отступает любой недуг. Дом - это там, где прощают, любят, Дом - это там, где ждут. Неважно, обставлен ли и окрашен; Город и день может быть любым… Дом - там, где тебе ничего не страшно, Кроме того, чтоб он стал пустым.
Diposting 30 Nov
Hayotingizni o'zgartirib yuboradigan odamlar bilan uchrashuv belgilay olmaysiz Ular o'zi keladi, kerakli paytda. Biz esa o'sha lahzada ularni ushlab qolishga o'zimizda kuch, jasorat topa olsak bo'lgani. U inson hayotimizni o'zgartirib yuborishi mumkinligini qayerdan bilamiz? Ichki ovozimizdan. Unday insonlarni ich-ichimizdan sezamiz. Robbimizning O'zi go'zal chevar, Unga ishonishimiz kerak. Hayotimizni o'zgartirib yuboradigan go'zal hodisalarni reja qilolmaymiz, ular kutilmaganda keladi) @islmbkhtrv