Postingan terbaru
Hal. 2 dari 9 · 103 postingan
Diposting 26 Nov
Anchadan beri oʻylab yurgan ishimni qildim Oʻz fikrlarimni videoga yozib, uni instagramga qoʻydim. Hozircha bitta video chiqdi, davomiy qilish niyatim bor. Qiziq boʻlsa, pasdagi linkdan koʻrsangiz boʻladi) https://www.instagram.com/reel/DRfRc3XDLaG/?igsh=Z256YmsyMDUyYzg2 P.s.: Keyinroq nega bunday videolar yozishni boshlaganim, oʻzi manga bular nega kerakligi haqida yozaman
Diposting 22 Nov
Diposting 20 Nov
Shunaqa videolar ko'radigan, layk bosadigan va o'zi umuman shunaqa fikrlaydigan yigitlarga aytgim keladi: - Birinchidan, nima siz shu darajada kuchsiz, lattamisiz? Bitta qiz kelib sizni shunchalik buzib, siqiltirib ketsa? - Videodagi kabi fikrlash "жертва" pozitsiyasi ekanligidan xabaringiz yo'q shekilli-a? Juda kulguli emasmi bu holat? "Meni qanday topib olgan edi, qanday tashlab ketdi" emush. Ex bechora-ya, bechora. @islmbkhtrv
Diposting 17 Nov
Diposting 17 Nov
Diposting 17 Nov
Diposting 17 Nov
Diposting 17 Nov
Diposting 11 Nov
Kambag'allikdan boylikkacha Instagramda bir tadqiqot haqida o'qib qoldim, u yerda kambag'allikdan chiqqan odamlarni o'rganishibdi. Kambag'allik zanjiridan uzgan sabab qaysi? degan savolga javob izlashibdi. Bu IQ emas, omad emas, tanish-bilishlar ham emas. Bu uzoq muddat davom etadigan psixologik diskomfortga bardosh bera olishdir. Qaysidir ma'noda iroda, sabr. Qanday psixologik diskomfort? Kambag'allikda qarzlar ko'p bo'ladi, bir o'zingiz, yolg'iz, tepaga ko'tarilishingiz kerak, hech kim yordam bermaydi, ilojsiz holatlarga tushasiz va eng qizig'i uzoq muddat shunday davom etadi. Har bir xatodan keyin yangi SIZ paydo bo'lasiz, shunday rivojlanib boraverasiz. Tamom. Agar shu yo'lda bo'lsangiz, shunchaki davom eting. P.s.: Yuqoridagi sabab, sabablardan biri, albatta, eng muhimi ibodat qilish, rizqimizga Alloh kafil ekanligini unutmaslik) @islmbkhtrv
Diposting 11 Nov
Muammolar bittalab kelmaydi "Marsianin" filmidagi bir lavha bor edi, unda quyidagicha ma'no yetkazilgan: "Hayotda shunday payt bo'ladi, hamma muammolar bittada keladi, bunday holatda sizda ikkita yo'l qoladi: 1-Bir burchakda yig'lab o'tirish. 2-Muammolarni birma-bir hal qilish". Cho'qqiga ko'tarilmoqchi bo'lgan hammada shunday holat bo'lsa kerak: muammolar birdan keladi, tushkunlik, ilojsizlik, yolg'izlik va hkz. Lekin unutmaslik kerak... Qorong'i tunlardan keyin quyosh chiqadi. Biz esa, xudiki, hammasi o'zimizni qo'limizdagidek tushkunlikka tushamiz, tushmaslikni iloji ham yo'q, lekin tezda qaytib olish kerak yo'lga. Qiyin. Oson bo'lganida hamma cho'qqiga chiqib olgan bo'lardi) @islmbkhtrv
Diposting 23 Okt
Hayotingiz davomida bir tushunchaga ishonib kelasiz, uni toʻgʻri deb bilasiz. Ma’lum vaqtdan keyin oʻsha ishongan tushunchangiz notoʻgʻri ekanligini bilasiz. U rivojlanishingizga, davom etishingizga halal beradi. Oʻzgartirasiz. Va bu normal holat. @islmbkhtrv
Diposting 24 Sep
Erkak kishiga bor vujudi bilan ishonadigan, uni qo’llab-quvvatlaydigan va chin ko’ngildan yaxshi ko’radigan birgina inson yetarli. Erkak shu birgina insonni poyiga dunyolarni yig’ib, socha oladi. O’zidan ham ko’ra haligi insonga muhimroq darajada qaraydi va uni uyaltirmaslik uchun ham borini beradi. Logika shunaqa. Erkaklar fitrati shunaqa: kimgadir panoh bo’layotganini bilsa erkak quvvatlanadi, to’xtamaydi. Ana shu panoh bo’lishga arziydigan insonning hayotimizda bo’lishi juda katta ne’mat. Ona, ota, oila a’zolari, rafiqa, farzandlar… Jangchi o’zini oilasi, yaqinlari, vatani uchun muhim ekanligini bilganida eng oxirgi nafasigacha taslim bo’lmaydi. Boshqachasiga faqatgina o’zini o’ylaydigan erkakka ko’p narsa kerak ham emas. O’zidan boshqalarga qayg’urmaganda jangga chiqib o’tirmasdi. Tog’-u toshlar orasida sakinat topib, o’tib ketaverardi. Marafon