Isi
Yoshligimizda yovuz qahramonlarni yomon ko'ramiz, ulg'ayganimizda ularni tushunamiz Masalan: Tai Lung Kung-Fu Panda multfilmidagi o'sha mashhur yovuz qahramon, yoshligimda yomon ko'rardim, ulg'ayganimdan keyin nega yomon bo'lib qolganini tushundim. Yana Joker bor, Batman'ning dushmani. To'g'ri u yozuv, yomon, lekin u shunday holga kelib qolishiga uni tahqirlashgani, e'tibor berishmagani, ustidan kulishgani va shunga o'xshagan holatlar sabab bo'lgan. Ruschada bir gap bor: "Злодеями не рождаются — ими становятся" Yovuz yuzlarning ortida bitmagan yaralar, hech kim to'ldira olmagan ichki bo'shliqlar bor aslida. Xullas, yetkazmoqchi bo'lgan g'oyam yovuzlarni yonini olish emas, umuman insonlarni tushunishga harakat qilishdir. Insonlarni yomonlashdan oldin, ularni tushunishga harakat qilaylik, INSON bo'laylik do'stlar! @islmbkhtrv