TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Haqiqiy sevgi qanday bo'larkin? Men o'zimga doim shu savolni berib kelganman, insonda simpatiya, qiziqish, shunchaki tashqi ko'rinish yoqishi, ma'lum bir obraz yoqib qolishi mumkin. Lekin haqiqiy sevgichi, u qanday bo'ladi? O'ylashimcha, haqiqiy sevgida tinchlik, halovat bor, unda birlik bor, ikki shaxsda bir-birini to'ldiruvchi jihatlar bor. O'z insoningizni topganingizda ichingiz sokin bo'lib, butun tanangiz uzra halovat yoyilsa kerak. Dinimizda ham oila qurishdan asosiy maqsad halovat topish, xotirjam bo'lish deyilgan, shundan kelib chiqib haqiqiy sevgiga yuqorida aytganimdek, izoh berish to'g'ri deb bildim. @islmbkhtrv