TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← islam bakhtiyarov
islam bakhtiyarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #128

@islmbkhtrv

islam bakhtiyarov

Tampilan249Jumlah tampilan
Diposting25 Nov25/11/2024, 21.20
Isi postingan

Isi

Travmalari bor insonlarni tanlamang! Shunday maslahatlarni koʻp eshitganman, mantiqan olib qaraganda toʻgʻri. Lekin hayotda har doim ham aqlga tayanib yashab boʻlmaydi. Avvalambor, insonning travmalariga o'zi aybdor bo'lmaydi hech qachon, oiladagi moliyaviy holat, muhit, ota-ona munosabati va shunga o'xshash holatlar sabab bo'ladi. O'zi inson sevib qolsa, unisiga qarab o'tirmaydi ham, agar sevgisi chin bo'lsa, juftiga travmalari bilan kurashishda yordam beradi, travmalardan to'liq xalos etadi emas, yordam beroladi faqat. Sog'lom muhitda ulg'ayib, ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lib, so'nggida ma'lum bir darajaga yetib "travmasi bor insonlarni tanlamang" deyish oson. Xo'sh? Ular odammasmi? Ular o'zlari shu hayotni, shu og'riqlarni, shu muhitni, umuman shu travmalarni tanlashganmikan? Otasi bo'la turib, mehrini tuya olmagan qizlar qancha, onasining boshqa farzandlar bilan solishtiraverishidan o'ziga ishonchi singan yigitlar qancha? Ular normal hayotga qaytishlari, birlamchi ehtiyojlarini qondirishlari uchun ozgina yordam kerak. Umuman, bizning jamiyatda travmalarga, psixologik muammolarga ahamiyat berilmaydi, shunga balki baxtsiz insonlarning, baxtli bo'lishga intilayotgan davomchilari bo'lsak... Nima bo'lganda ham zanjirni uzish shart! @islmbkhtrv