TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← islam bakhtiyarov
islam bakhtiyarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #141

@islmbkhtrv

islam bakhtiyarov

Tampilan265Jumlah tampilan
Diposting18 Des18/12/2024, 18.58
Isi postingan

Isi

Ichki to'lalik Bu nima? Qisqacha tushuntiraman. Agar insonni ichi bo'm-bo'sh bo'lsa, u ko'proq boshqalarni muhokama qiladi, boshqalarni hayotini kuzatadi, ichidagi bo'shliqni ko'rmaslik uchun o'zini tashqi dunyoga otadi. Suhbatlarda boshqalarni hayotini muhokama qilishga moyilroq bo'ladi, nega? Chunki u o'zi haqida, maqsadlari haqida, qiziqishlari haqida, boringki biron mavzu bo'yicha gaplasha olmaydi, sabab: ichi bo'm-bosh uni. Ichki to'lalik bo'lsa, ya'ni kitoblar o'qisa, ustida ishlasa, tolibi ilm bo'lsa, o'zining fikriga ega bo'lsa, suhbatlar mazmunli va manfaatli bo'lishni boshlaydi. Nega? Chunki, ma'lum bir mavzu bo'yicha mazmunli suhbat qura oladigan darajada bilimi bo'ladi, fikri bo'ladi. Vaqtini boshqalarni muhokama qilishga emas, ko'proq o'ziga qaratadi, kitoblar o'qiydi, kamchiliklari ustida ishlaydi. Shunday ekan, ichimizni yaxshiliklar bilan to'ldirishimiz kerak, bo'lmasa bu dunyodan yashamay o'tamiz. @islmbkhtrv