Isi
Inson o‘zining sog‘lig‘iga mas’ul Tasavvur qiling, og‘irroq kasallikka uchrab qoldingiz (O‘zi asrasin), kasallik sizni kechalari uxlatmayapti, azob beryapti sizga. Shunday holatda onangiz, ukangiz, akangiz xullas, eng yaqin insoningiz qanday og‘riq his qilayotganingizni his qila oladimi? Og‘ir dardingizni ko‘tarishga yordamlashib, shundan azobingiz kamayadimi? Yo‘q, albatta. Inson sog‘lom bo‘lishi o‘zining qo‘lida, kasal paytingiz hech kim joningizga oro kirolmaydi, o‘zingiz azobini chekasiz, yolg‘iz o‘zingiz! Bunday holatga tushmaslik uchun mas’uliyatni his qilib, harakat qilish, oldini olish kerak. Sog‘lom hayotda yashash kerak, shu o‘rinda o‘zimga ham sizlarga ham eslatma, sog‘ligimiz Alloh tomonidan bizga berilgan ne’mat, ertaga uning hisobini berishimiz ham bor, bu mas’uliyatni yanada oshiradi... @islmbkhtrv