TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← islam bakhtiyarov
islam bakhtiyarov avatar

TGINSIGHT POST

Post #166

@islmbkhtrv

islam bakhtiyarov

Tampilan224Jumlah tampilan
Diposting24 Sep24/09/2025, 20.04
Isi postingan

Isi

Erkak kishiga bor vujudi bilan ishonadigan, uni qo’llab-quvvatlaydigan va chin ko’ngildan yaxshi ko’radigan birgina inson yetarli. Erkak shu birgina insonni poyiga dunyolarni yig’ib, socha oladi. O’zidan ham ko’ra haligi insonga muhimroq darajada qaraydi va uni uyaltirmaslik uchun ham borini beradi. Logika shunaqa. Erkaklar fitrati shunaqa: kimgadir panoh bo’layotganini bilsa erkak quvvatlanadi, to’xtamaydi. Ana shu panoh bo’lishga arziydigan insonning hayotimizda bo’lishi juda katta ne’mat. Ona, ota, oila a’zolari, rafiqa, farzandlar… Jangchi o’zini oilasi, yaqinlari, vatani uchun muhim ekanligini bilganida eng oxirgi nafasigacha taslim bo’lmaydi. Boshqachasiga faqatgina o’zini o’ylaydigan erkakka ko’p narsa kerak ham emas. O’zidan boshqalarga qayg’urmaganda jangga chiqib o’tirmasdi. Tog’-u toshlar orasida sakinat topib, o’tib ketaverardi. Marafon