Isi
Kambag'allikdan boylikkacha Instagramda bir tadqiqot haqida o'qib qoldim, u yerda kambag'allikdan chiqqan odamlarni o'rganishibdi. Kambag'allik zanjiridan uzgan sabab qaysi? degan savolga javob izlashibdi. Bu IQ emas, omad emas, tanish-bilishlar ham emas. Bu uzoq muddat davom etadigan psixologik diskomfortga bardosh bera olishdir. Qaysidir ma'noda iroda, sabr. Qanday psixologik diskomfort? Kambag'allikda qarzlar ko'p bo'ladi, bir o'zingiz, yolg'iz, tepaga ko'tarilishingiz kerak, hech kim yordam bermaydi, ilojsiz holatlarga tushasiz va eng qizig'i uzoq muddat shunday davom etadi. Har bir xatodan keyin yangi SIZ paydo bo'lasiz, shunday rivojlanib boraverasiz. Tamom. Agar shu yo'lda bo'lsangiz, shunchaki davom eting. P.s.: Yuqoridagi sabab, sabablardan biri, albatta, eng muhimi ibodat qilish, rizqimizga Alloh kafil ekanligini unutmaslik) @islmbkhtrv