TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1446

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan309Jumlah tampilan
Diposting23 Jan23/01/2025, 11.29
Isi postingan

Isi

Tarbiya haqida Biz farzand tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari,olimlarning fikrlarini o'rganar ekanmiz, beixtiyor millatimizga xos bo'lgan axloqiy, tarbiyaviy fazilatlar ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy muno-sabat, go'zal muomala oiladan ota-onalarimizning namunasi timsolida shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning: “Inson o'z baxtiga erishishda go'zallikni ko'rishi va his qilishining o'zi yetarli emas, buning uchun go'zallikni yarata olishi muhimdir”, degan fikrlarida olam-olam ma'no bor. Mutafakkirning bu fikrida bugungi ota-onalarimiz o'zlari namuna bo'lgan holda oilalarida, ishlarida, ro'zg'orlarida,uy tutishlarida, o'zaro munosabatlarida, yurish-turishlarida, kiyinishlarida, salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo'ladigan muomalada go'zallikni yarata olishlari zarur, degan g'oya o'z aksini topgan. Ta'lim-tarbiya taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan ustoz, o'z asarlarida xalqimizning eng yaxshi an'analarini aks ettirgan ijodkor, noshir va jamoat arbobidir. Abdulla Avloniy “usuli jadid”, ya'ni ilg'or usuldagi maktablar uchun “Adabiyot yoxud milliy she'rlar”, “Birinchi muallim”,“Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”kabi darslik va o'qish kitoblarini yaratdi.Qur'oni karim suralaridan, hadisi shariflardan, o'zbek xalqining boy pedagogik merosi – ertak, maqol, topishmoq va didaktik hikoyalardan foydalanilgan bu kitoblar xalq orasida ma'lum va mashhur bo'lgan. Abdulla Avloniy o'z asarlarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug'lab, xalqni ilmli, madaniyatli bo'lishga undadi.Mutafakkirning fikricha, axloq bu – xulqlar majmui. Xulq esa ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo'lish shaklidir. Abdulla Avloniy o'zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bola tarbiyasini to'rt yo'nalishda: “Tarbiyaning zamoni”, “Badan tarbiyasi”, “Fikr tarbiyasi”, “Axloq tarbiyasi” kabi bo'limlarga ajratgan holda tadqiq etadi. «Tarbiyaning zamoni” bo'limida tarbiyani bola tug'ilgan kundanoq boshlash kerakligini ta'kidlaydi. “Tarbiyani kimlar qilur?”, “Qayday qilinur?” degan savollarni o'rtaga tashlaydi va ularga javob qidiradi. “Birinchi – uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”,deya tarbiyaga hamma — ota-ona, muallim, hukumat va boshqalar-ning mas'ul ekanini ta'kidlaydi. Mamlakat taraqqiyoti, davlatning qudratli bo'lishi yosh avlod tarbiyasiga har jihatdan bog'liq deb hisoblagan alloma tarbiya xususiy emas, milliy,ijtimoiy ishdir degan to'xtamga keladi.Tarbiyani keng ma'noda tushungan Avloniy uni birgina axloq tarbiyasi bilan chegaralab qo'ymaydi. U, avvalo, bolaning sog'lig'i haqida g'amxo'rlik qilish lozimligiga e'tibor qaratadi. Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun, avvalo, tan salomatligi zarur. Avloniy fikricha, «badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qumoq, o'qutmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur».Abdulla Avloniy bolaning badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-onalarga murojaat qilsa, uning fikr tarbiyasi borasida asosiy mas'uliyat muallimlar zimmasida ekaniga urg'u beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o'stirish,dunyoqarashini shakllantirish muallimlarning «diqqatla-riga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur...Negaki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur», – deydi alloma. Shu bilan birga, mutafakkir Abdulla Avloniy: “Ta'lim va tarbiya uzviy bog'liq jarayonlardur, dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo'lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta'kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi, degan qat'iy fikrni bildiradi.Ilmli, ezgu g'oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan tuyg'usi shakllanadi,ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg'onadi,sadoqati qaror topadi.