TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini7,190Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 15 hari yang lalu

Hurmatli Andayeva Anorxon opa! Sizni muborak 54 yosh yubileyingiz bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz! Hayotingizning har bir lahzasi mazmunli, fayzli va ezgu amallarga boy bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, uzoq yillar davomida ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilib, yosh avlodga bilim va tarbiya berib kelayotganingiz tahsinga loyiqdir. Sizning mehribonligingiz, sabr-toqatingiz va ustozlik fazilatlaringiz ko‘plab shogirdlar qalbida unutilmas iz qoldirgan. Siz kabi ustozlar jamiyatimizning eng katta boyligi hisoblanadi. Bugungi qutlug‘ ayyomda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz. Farzandlar va shogirdlar kamolini ko‘rib, doimo e’zoz va hurmatda yuring! 54 yoshingiz muborak bo‘lsin! Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan quvonch hech qachon arimasin! 🌷

452 views

Diposting 16 hari yang lalu

#Yoshlar_kuni 9-"D" sinf oʻquvchilari bilan davra suhbati. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab ✨ Yoshlar – kelajak bunyodkorlari! ✅ Maktab direktori N.R.Pozilov va oʻrinbosarlari ishtirokida o'quvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. ✅Bugungi kun – orzu va maqsadlari ulkan bo‘lgan yoshlar uchun yana bir yangi imkoniyatdir. Har bir yosh qalbida katta orzular, yuksak maqsadlar va ulkan salohiyat yashirin. ✅Yurtimiz kelajagi aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar qo‘lida. Shuning uchun har bir kunimizni ilm olish, o‘z ustimizda ishlash va yaxshi natijalarga erishish yo‘lida sarflashimiz muhim. ✅Aziz yoshlar! Orzularingizdan voz kechmang, bilim olishdan charchamang. Bugungi qilgan mehnatingiz ertangi yutuqlaringiz poydevori bo‘ladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

478 views

Diposting 18 hari yang lalu

Siz ketsangiz… Siz ketsangiz nima o‘zgarar, Shu-shu hayot etadi davom. Kirsa, aqlim sal ko‘proq kirar, Vaqt ko‘nglimga bo‘ladi da’vo. Siz ketsangiz odamlar haqda, O‘zgarmagay fikrim, xulosam. O‘zgarsa shu yo‘llar o‘zgarar, O‘zgaradi borar darvozam. Balki hozir, balki ertaga, Mehrim andak qotishi mumkin. Va qolishi mumkin ko‘ksimda, Ismingizga atalgan tugun. Siz ketsangiz, xayr demayman, Xayr demoq, g‘urur bilan or. Ko‘p o‘ylamang, yolg‘iz qolmayman, Axir Xudo, Axir sevgi bor! Va ketdingiz, juda xotirjam, Yuragimda o‘sha-o‘sha cho‘g‘. Men yaxshiman, Ammo osmonning, Necha kunki kayfiyati yo‘q! Muallif:Boburjon Qodiriy https://t.me/Qodiriy_sheriyati

500 views

Diposting 19 hari yang lalu

30 IYUL — ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISHNING BUTUNJAHON KUNI Odam savdosi — bu zamonaviy qullik, inson qadr-qimmatini toptaydigan, minglab hayotlarni barbod qiladigan fojia. Ba'zan bu jarayon oddiy va’dadan boshlanadi: ➡️ “Yaxshi ish bor”, ➡️ “Yuqori maosh olasiz”, ➡️ “Hayotingiz o‘zgaradi” — deyishadi. Ammo bu yolg‘on so‘zlar ortida: ❗️ aldash, ❗️ zo‘ravonlik, ❗️ erkdan mahrum qilish yashirinadi... 🛑 Har qanday shubhali taklif — bu xavf signali bo‘lishi mumkin. Shu bois, ogoh bo‘lish, yaxshi niyat ortida yashiringan firibgarlikni tanib olish har birimiz uchun muhimdir.

517 views

Diposting 20 hari yang lalu

❗️ Diqqat soxta qo'ng'iroqlar ogoh bo'ling! ——— 👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish: 👉Google Play orqali yuklash 👉App Store orqali yuklash Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV

589 views

Diposting 20 hari yang lalu

...YOZSAM ONAMNI Qalamim tebramas yozsam onamni, Titrar butun tanim qalam o'rniga. Eslasam ilk qadam bosgan onlarni, Sho'ng'iyman bolalik xotirasiga. Qalamim tebramas yozsam onamni, Hayotim o'tadi ko'zim oldidan. Umri bino bo'lib xatto bir marta, G'iybatlar chiqmagan aytgan so'zidan. Qalamim tebramas yozsam onamni, Qidirar ko'zlarim har bir tomondan. Bag'rimga bosaman qildek qalamni, Onamni taniyman bo'salaridan. Qalamim tebramas yozsam onamni, Ichimda "ONA" deb hayqirar ovoz. Qog'ozga bitaman har bir nolamni, Onamni sevaman faqat shu gap rost. Muallif:Boburjon Qodiriy

542 views

Diposting 21 hari yang lalu

Hurmatli ota-onalar va oʻquvchilar ushbu qabul jarayon boshlanganligi boʻyicha kirmoqchi boʻlgan oʻquvchilar bexabar qolmasligi uchun targʻibot qilib yuborsangiz oldinda rahmat.

628 views

Diposting 21 hari yang lalu

#Shahrixon_tuman_IM 🎓 Farzandingiz kelajagini bugundan yarating! Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — bilim, intilish va yuksak natijalar maskani! 5-sinf aniq fanlar yoʻnalishi 48 naafar 7-sinf tabiiy fanlar yoʻnalishi 24 nafar Boʻsh oʻrinlar uchun: 9-sinf aniq fanlar yoʻnalishi 10-sinf aniq fanlar yoʻnalishiga oʻquvchilar qabul qilinadi! Bu yerda har bir o‘quvchi o‘z qobiliyatini namoyon etib, kelajakda katta yutuqlarga erishishi uchun mustahkam poydevor oladi. Qabul muddati: 15-maydan 4-iyungacha. Ariza pima.uz sayt orqali Online hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar: 1 .Arizachining tugʻilganlik haqida guvohnoma 2.Otasi yoki onasining pasport yoki ID nusxasi 3.3*4 rasm 4.Shaxsiy telefon raqam doimiy ishlaydigan. 📞 Bog‘lanish uchun: +998999190311 +998936992272 +998889981212 +998979648808 📍 Manzil:Shahrixon tumani, Qorakoʻrpa MFY, Chinobod ko‘chasi 13-uy. Moʻljal Tuman YPX aylanma xarakat yonida Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

1,370 views

Diposting 21 hari yang lalu

Йўлларда фарзандларингизни хавфсизлигига эътиборли бўлинг!!!

512 views

Diposting 21 hari yang lalu

31/2025-mavzu KITOB – TAFAKKUR XAZINASI Mutaxassislarning qayd etishicha, mutolaa asabni tinchlantiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi, tinglash, ijodkorlik va fikrlash qobiliyatlarini yuksaltiradi. Muhimi, maqsadni anglashga, qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi, insonni go‘zallashtiradi, uni yaxshilik qilishga undaydi. Hatto birga kitob o‘qish ota-ona va bolalarning o‘zaro munosabatini mustahkamlaydi. Yuqorida qayd etganimizdek, mutolaa kishini fikrlashga, tafakkur qilishga undaydi. Zero, jahon adabiyotining buyuk namoyandasi, Nobel mukofoti sovrindori Hermann Hesse «Biz o‘zimizni va turmushimizni unu¬tish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun o‘qishimiz kerak», deya bejiz ta’kidlamagan. Sharq donishmandlaridan biri esa «Fikr senga yaxshi va yomon amallaringni ko‘rsatib turadigan ko‘zgudir», degan. Fikr va tafakkursiz hech bir inson oldinga siljimaydi. Shuning uchun yurtimizda kitob o‘qishni targ‘ib qilish, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda 2019-yil 7-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlari mazkur sohani tamomila yangi rivoj¬lanish bosqichiga o‘tishiga huquqiy zamin bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi qarori bilan 2020–2025-yillarda kitob¬xonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilindi. Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagi: – aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitob¬larni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvvatlash; – milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish; – kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish; – kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga mos-lashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish; – aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rga¬nib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish; – xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududi-ga olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi qator vazifalar belgilangan.

641 views

Diposting 21 hari yang lalu

Maxsus reportaj | Odam savdosi - global muammo mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

469 views

Diposting 21 hari yang lalu

30-IYUL — BUTUNJAHONODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASH KUNI Odam savdosi — bu zamonaviy qullik, inson qadr-qimmatini toptaydigan, minglab hayotlarni barbod qiladigan fojia. Ba'zan bu jarayon oddiy va’dadan boshlanadi: ➡️ “Yaxshi ish bor”, ➡️ “Yuqori maosh olasiz”, ➡️ “Hayotingiz o‘zgaradi” — deyishadi. Ammo bu yolg‘on so‘zlar ortida: ❗️ aldash, ❗️ zo‘ravonlik, ❗️ erkdan mahrum qilish yashirinadi... 🛑 Har qanday shubhali taklif — bu xavf signali bo‘lishi mumkin. Shu bois, ogoh bo‘lish, yaxshi niyat ortida yashiringan firibgarlikni tanib olish har birimiz uchun muhimdir.

492 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
SebelumnyaHal. 1 dari 84Berikutnya