TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1475

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan285Jumlah tampilan
Diposting24 Jan24/01/2025, 16.39
Isi postingan

Isi

#xalqaro_konferensiya 🔔XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI 📆Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin. 📶Konferensiyada: ➖Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish usullari va strategiyalari; ➖Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish; ➖Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar; ➖Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi. ✅ Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi. 📥Ta’lim sohasiga oidmaqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi. 🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin. 🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA 📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161). Telegram | Facebook | Instagram | YouTube