TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
#Kun_hikmati Ilmdan mahrum bo‘lish olti sababdan bo‘ladi: –Birinchisi, savol so‘ramaslik, bilmaganni so‘rab o‘rganmaslik. –Ikkinchisi, jim turishning yomon ko‘rinishda ekani, berilib tinglash, quloq tutishni yo‘qligi. –Uchinchisi, yaxshi tushunmaslik, fahmlamaslik. –To‘rtinchisi, xotiraning sustligi, yodlab qolishning bo‘shligi. –Beshinchisi, ilmni tarqatmaslik, uni ta’lim bermaslik. Kimki ilmni jamlasa-yu, uni tarqatmasa, Alloh taolo u ilmini unutib qo‘yish bilan muvofiq jazolab, balolab qo‘yadi. –Oltinchisi, u ilmiga amal qilmaslik. Chunki bilgan ilmiga amal qilish eslash, zikr qilish, tadabbur qilish, rioya qilishni talab etadi, vojib qiladi. O‘ylab qaralsa, ilmga amal qilishga beparvolik qilinsa, u unutiladi. MMIBDO‘ O‘. Akbarov.