Isi
#Robo_coding ⚡️OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI OʻTKAZILDI 🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Andijon viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. 📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5–8-sinflar hamda yuqori 9–11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib, mazkur olimpiadada ishtirok etdi. ⚙️ Olimpiada nizomiga muvofiq oʻquvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk koʻtarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yoʻnalishlarida bellashishdi. 📆 Maʼlumot uchun, har bir hududdan yuqori va quyi sinflarda 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichi joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda Telegram | Facebook | Instagram | YouTube