Isi
📢O'zbek adabiyotining ikki buyuk siymosi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilar o'rtasida tashkil etiladigan tanlov loyixalari Tanlov g’oliblari taqdirlanadi. № 2 #Navoiy_va_Bobur #Diqqat_tanlov📣 IKKI BUYUK SIYMO ⚡️ Maktabimizning fikrda teran, so’zda biyron, faoliyatda kuchli o’quvchilari! 📙 So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligini keng nishonlash, ular qoldirgan bebaho merosni o’rganish maqsadida "Navoiyxonlik", "Boburxonlik" adabiy kechalari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan quyidagi yo’nalishlar bo'yicha tanlov e’lon qilamiz: 📌Sinflar kesimida 9-fevral kuniga qadar “Navoiyni anglash”, 14-fevralga qadar esa “Boburni o‘rganamiz” shiorlari ostida chellenjlar tayyorlash; 🖌Navoiy va Bobur asarlari asosida rasmlar tanlovi; ▶️“Alisher Navoiy – o’zbek adabiy tilining asoschisi”, “Bobur jahon e’tirofida” mavzusida video taqdimotlar tanlovi; 🔉“Men g’azal shaydosiman” rukni ostida ifodali o’qish tanlovi (videorolik shaklida tayyorlanadi). 📆 Tanlov muddati 10-fevral kuniga qadar Tanlov g’oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.🎁🏆 📍Tanlovga tayyorlangan ishlar ishtirokchi haqidagi ma'lumotlar har bir sinf o’zining telegram ijtimoiy tarmog’iga ilova qiliadi.