TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1716

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan356Jumlah tampilan
Diposting19 Feb19/02/2025, 16.59
Isi postingan

Isi

#Vazir_va_rahbar_ayollar_uchrashuvi Vazir Hilola Umarova: "Rahbar ayollar maktabi" tinglovchilaring 44 nafari ta’lim xodimi ekanligidan faxrlanamiz" ✅Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv dasturi doirasida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv soati tashkil etildi. Unda mazkur dasturda qatnashayotgan 100 nafar ishtirokchi ayollar qamrab olindi. Ulardan 44 nafari ta'lim muassasalari rahbarlaridir. ➖ Vazir Hilola Umarova o‘z so‘zida yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki va Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. 📍Ma'lumot o‘rnida: "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv kursida tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etishning muhim jihatlari xususida malakali ekspertlardan tahsil olishadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlar xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarida malaka oshirishi belgilangan. ___________ ❗️Vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan qariyb bir million xodimning 72 foizi, tizim rahbarlarining deyarli 50 foizi xotin-qizlardan iborat. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin