TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1768

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan352Jumlah tampilan
Diposting26 Feb26/02/2025, 03.37
Isi postingan

Isi

#vazir_jamgʻarmasi #100_foizlik_natija Bugun barcha hududlarimizda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga nomzod pedagoglar uchun dastlabki sinov jarayonlari boʻlib oʻtdi. Sinovlar 4 bosqichda tashkil etildi, fan oʻqituvchilari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan test (40 ta) savollariga javob berdi. Sinovlarda maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oldi. Ahamiyatli jihati, bu yil imtihonlar ilk marotaba real vaqt rejimida onlayn tarzda tashkil etildi. Ishtirokchi natijasini shu vaqtning oʻzida bila oladi (oldingi yillarda sinovlar anʼanaviy tarzda ya’ni qogʻozga yozilgan). Rasmlardagi ustozlarimiz test sinovlarida eng yuqori 100 ballik natijani qo‘lga kiritdi. Ushbu bilimdon ustozlarimiz va maktab jamoasini eng yuqori natija bilan samimiy tabriklayman. @hilola_umarova