TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1909

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan374Jumlah tampilan
Diposting23 Mar23/03/2025, 11.19
Isi postingan

Isi

#qabul_2025 📣 📣 📣 📣 📣 ❗️UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARI DIQQATIGA! 🗣2025-yildaIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilarga qulaylik yaratish va hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab etiladi: ✅ Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflardagi oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi ma’lumotlarini erp.maktab.uzelektron bazasi ma’lumotlariga mosligini tahlil qilish: ➖ tugʻilganlik haqida guvohnomaning seriyasi va raqami; ➖ familiyasi, ismi, sharifi tugʻilganlik haqida guvohnoma bilan bir xil ekanligi; ➖tugʻilgan yili, kuni, sanasi guvohnomada koʻrsatilgan sanaga mos kelishi. ✅ Oʻquvchining amalda ta’lim olayotgan sinfi erp.maktab.uz elektron bazasida toʻg‘ri kiritilganligini koʻrib chiqish. ❗️erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga shaxsan davlat va nodavlat umumiy oʻrta ta’lim maktablari direktorlari mas’ul ekanligi eslatib oʻtiladi. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin