Isi
ILMDAN O‘ZGA NAJOT YO‘Q !!! #Bu sizning tanlovingiz Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 29 aprel kuni "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. "Ochiq eshiklar kuni" doirasida tashrif buyurgan o’quvchilar maktabimizning: • o‘quv jarayoni va metodik ishlari, • fan va texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari, • zamonaviy laboratoriya va sinfxonalari, • o‘quvchilarning ijodiy ishlari va yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ochiq darslar, ijodiy ko‘rgazmalar, ustozlar va maktab ma’muriyat rahbarlari bilan ochiq muloqot va boshqa qiziqarli suxbatlar tashkil etildi. Tadbirning maqsadi – maktab faoliyati, ta’lim sifati va imkoniyatlari bilan jamoatchilikni tanishtirish, shuningdek, kelajakdagi o‘quvchilarimizga to‘g‘ri yo‘nalish berishdan iborat. Biz birgalikda farzandlarimizning porloq kelajagini yaratamiz! Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK