Isi
📊 Nihoyat Andijonda o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasidastlabkinatijalari va g‘oliblarni e'lon qilamiz! 😀 Kecha 1-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan oflayn olimpiadada jami 331 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. 🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektronsertifikatlarini@khiso_admin akkaunti orqali soat 15:00 dan boshlab olishlari mumkin. 🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 31 nafar o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi keyingi olimpiada (18-may) ochilishi marosimida o‘tkaziladi. Bu haqida batafil ma'lumot beriladi. 🔸 9-11 sinf o‘quvchilarining natijalari Respublika bo‘yicha umumlashtirib, keyin (katta ehtimol bilan ertaga) e’lon qilinadi. 📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yilida har bir o‘quvchining reyting ballari jamg‘arib boriladi va "YOZGI MAKTAB-2025" ga yo‘llanma oladi. 😀 Barcha hududdagi natijalar aniqlangach, ba'zi o‘quvchilar "SUPER FINAL" ga yo‘llanma olishadi.