Isi
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Eʼzozxon Gapirjanovna tizimda uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis. U “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, direktor maslahatchisi kabi vazifalarda samarali mehnat qilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi isloh qilinib, barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Oldimizda juda katta vazifa – universitetning boshqaruv tizimini Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtirish, taʼlim sohasi uchun sifatli kadrlar yetkazib berish vazifasi turibdi. Bugungi tayinlov katta ishonch bildirilganidan dalolat. Jamoamiz bilan Eʼzozxon Gapirjanovnaning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat tilayman! @hilola_umarova