TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
#Eco_Schools_Uzbekistan #Young_climate_champions 🌱Bugun Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Unda viloyatdagi loyihaga a’zo maktablar vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasining maqsadi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Seminarda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi, ekologiyaga oid xalqaro hujjatlar, yoshlarning ekologik harakatlari, shuningdek, “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasidagi 7 qadam metodologiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldi. ©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram