Isi
✅✅✅✅ #Сўнгги_қўнғироқ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida ishtirok etdi ✅ Bugun vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 91-maktabda “Ilm — eng buyuk sharaf” shiori ostida tashkil etilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdi. ➖ Tadbir avvalida vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini oʻqib eshittirdi hamda katta hayot yoʻliga qadam qoʻyayotgan yoshlarga omad va muvaffaqiyat tiladi. 📊Ma’lumot o’rnida: mazkur maktabni joriy oʻquv yilida 126 nafar oʻquvchi bitirmoqda hamda ularning 25 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan. Quvonarlisi, maktabning 10 nafar bitiruvchi yoshlari muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishdi. Xususan, maktab oʻquvchisi Jasmina Boltayeva bir vaqtning oʻzida 14 ta xorijiy, xususan Kolumbiya, Ilinoys kabi oliygohlarga talabalikka tavsiya etildi. ❗️Kuni kecha Prezidentimiz bilan Sloveniyada koʻrishgan va kelajakdagi sunʼiy intellekt loyihalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan Lyublyana universiteti talabasi Shahriyor Isxakov ham oʻtgan oʻquv yilida aynan shu maktabni bitirgan. Maktabning 20 nafar oʻqituvchisi milliy va xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boʻlsa, 4 nafar pedagog soʻnggi ikki yil davomida Vazir jamgʻarmasidan ustama olib kelishmoqda. 🔰 Vazir tadbir davomida ota-onalarga murojaat qilar ekan: “Har bir ota-ona farzandining kelajakda baxtu kamolini koʻrishni istaydi, buning uchun maktab davrida ularni taʼlim olishlari bilan birga, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratishlarini soʻrab qolaman”,— dedi. 🌐 Tadbir doirasida maktabning bir guruh ustozlari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Bizni kuzating: ❤️Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin