TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2299

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan403Jumlah tampilan
Diposting25 Mei25/05/2025, 07.06
Isi postingan

Isi

#qabul_2025 🤩Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ➖Prezident maktablariga; ➖Ijod maktablariga; ➖Sport maktablariga; ➖ Ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha amalga oshiriladi. Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida: ▪️10-maydan boshlab murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshladi; ▪️Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi; ▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi. Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi. Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uzyoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar! Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating! 📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi. ☎️Call-markaz: 1206 🤖@piima_admission_chatbot @alisher_ubbiyev