Isi
✅✅✅✅ #Maktab_maslahatchilari ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan o‘quv seminari ishtirokchilari bilan uchrashdi. Ushbu ochiq muloqot davomida vazir iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimi haqida so‘z yuritdi va bunda maktab maslahatchilarining rolini alohida ta'kidladi. 🔰 Shuningdek, seminar ishtirokchilarining taklif hamda mulohazalari ham tinglandi. ➖ "Renessans" bolalar oromgohida tajribali mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan mahorat darslarida: ➖Top universitetlar strategiyalari (Portfolio, tadqiqot, amaliyotlar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar), ➖Xalqaro universitetlarga hujjat topshirish platformalari, ➖Ota-onalar va ustozlar bilan hamkorlikda ish olib borish, ➖Maktab maslahatchilari uchun foydali onlayn manbalar kabi mavzularda so‘z bormoqda. ❗️Ta'kidlash joiz, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur asosida Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta’lim maktablariga biriktiriladi va har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab oladi. ✈️ Mazkur o‘quvchilar AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi nufuzli oliygohlarga tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. 📊 Ma'lumot o‘rnida: o‘quv mashg‘ulotlarida200 nafardan ziyod maktab maslahatchilari ishtirok etmoqda. Jarayonlar 30-mayga qadar davom etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤️Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin