Isi
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA QANDAY HOLLARDA IMTIHONSIZ KIRISH IMTIYOZI BERILADI? ➖Roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichi yoki unga tenglashtirilgan bosqichida tegishli (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) fanlardan gʻolib va sovrindor (1-, 2-, 3-o‘rinlar) boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari oʻzi ta’lim oladigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotasi doirasida kirish imtihonisiz qabul qilinadi. ➖Prezident maktablarining kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan birini tanlagan, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, oʻqishga qabul qilinmagan 48 nafaroʻquvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yoʻnalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan holda oʻqishga qabul qilinadi. 📶Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori 📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi. ☎️Call-markaz: 1206 🤖@piima_admission_chatbot Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube