TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2341

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan417Jumlah tampilan
Diposting28 Mei28/05/2025, 10.00
Isi postingan

Isi

⚡️Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “El-yurt umidi” jamg‘armasi g‘olibi bilan uchrashuv o'tkazildi. 📋Ma'lumot o'rnida, Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2023-2024-o‘quv yili bitiruvchisi Baxodirov Diyorbek Dilshodbek o‘g‘li “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 14-oktyabrdagi qaroriga asosan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida “Jamg‘arma stipendiati” bo‘ldi. 📌Ayni damda Arizona universiteti (University of Arizona) talabalar sifatida ta'lim olib kelmoqda. 🔹Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari stipendiat bilan jonli muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va asosli javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Suhbat jarayonida chet eldagi ta’lim imkoniyatlari, talaba hayoti, o‘qishdagi natijalar, shuningdek, global ilmiy hamjamiyat bilan bog'liqlikning ahamiyati haqida muhim fikrlar bildirildi. Uchrashuv maktabdagi iste’dodli yoshlarning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishida ko'maklashdi. TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK