TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2467

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan670Jumlah tampilan
Diposting5 Jun05/06/2025, 06.28
Isi postingan

Isi

Dunyoning eng nufuzli “Top-10” universitetlarida o‘qishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi. Bugun ushbu maktab va qabul jarayoni haqida ma’lumot berib o'tmoqchiman. Maktabda o‘quvchilarga uch yil davomida xalqaro standartlar asosida ta’lim berilib, xorijdagi eng nufuzli “Top-10” universitetlarga kirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Bitiruvchilarga shahodatnoma bilan bir qatorda xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro darajadagi (International Baccalaureate (IB) diplom beriladi. Maktabga 2025/2026 o‘quv yili uchun 60 nafar o‘quvchi 9-sinfgaqabul qilinadi. Arizalar 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uzhamdaariza.piima.uzsaytlariorqaliamalga oshiriladi. Imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi saralash bosqichda o‘quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig‘ini bajaradi. Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o‘tkaziladi. Ular matematikadan 5 ta masala, ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishi talab etiladi. Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi. @piima_admission_chatbot Call-markaz: 1206yoki +998 78 1137789 @hilola_umarova