Isi
#Tayinlov Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan: ✅Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan. 2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan. Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin