TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2592

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan335Jumlah tampilan
Diposting26 Jun26/06/2025, 19.42
Isi postingan

Isi

#bitiruvchilar_qurultoyi #yopilish_marosimi 🤩BITIRUVCHILAR QURULTOYINING YOPILISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI 📆 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar. 📝 Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida: 🔍Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda: ➖sun’iy intellekt va STEM yondashuvi; ➖yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish; ➖robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik; ➖raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari; ➖global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni. 📚Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi. 🔖 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 🫥Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. 🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi. 💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yel va Prinston kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi. 🟢Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube