TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2652

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan376Jumlah tampilan
Diposting30 Jun30/06/2025, 11.57
Isi postingan

Isi

#ishga_taklif 🔔HURMATLI ZAMONAVIY INNOVATOR O‘QITUVCHILAR! 📚 Siz ham kelajak avlod tarbiyasida o‘zingizning innovatsion yondashuvingiz bilan yetakchi bo‘lishni istaysizmi? 🔍Unda siz bilan kelajak ta’limini birga quramiz! 🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga fidoyi, ijodkor va zamonaviy fikrlovchi pedagoglarni ishga taklif etadi! 📆 Hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlanadi 🌐 Platforma: job.piima.uz 📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos: 🎓Kasbiy o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar – xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion metodikalar, mentorlik va doimiy malaka oshirish kurslari; 🌍Xalqaro miqyosda rivojlanish – IELTS, CEFR, SAT kabi sertifikatlarni olish va xorijiy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati; 📖Ta’limda yangi davrga qadam – ilg‘or STEM, CLIL, IB, PISA dasturlari asosida darslarni tashkil etish imkoniyati. 📎Talab qilinadigan hujjatlar: 🪪 Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat); 🎓 Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi; 🧾Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka); 📄IELTS / CEFR sertifikati (xorijiy til o‘qituvchilari uchun zarur, boshqa fan o‘qituvchilarida mavjud bo‘lsa). 👩‍🏫Biz qanday o‘qituvchini izlayapmiz? 🔹 Halol, faol va fidoyi; 🔹 O‘z fanini mukammal biladigan, zamonaviy metodikalarni qo‘llay oladigan; 🔹 Zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan; 🔹 Yangi avlod bilan ishlashda yondashuvi zamonga mos, ochiq fikrli pedagog. 🗣Kelajak avlod tarbiyasida sizning o‘rningiz bor! 🌟 Endi sizning navbatingiz – zamonaviy o‘qituvchilikdagi yangi bosqichga qadam qo‘ying! ⚡️ Sizdek fidoyi ustozlar tanlovimizda ishtirok etishidan mamnunmiz! ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube