TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #2924

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan290Jumlah tampilan
Diposting10 Sep10/09/2025, 07.51
Isi postingan

Isi

#Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan: Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi. 2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan. 2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi. Vazirlik jamoasi Azizbek Turdiyevga maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin