TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3008

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan334Jumlah tampilan
Diposting16 Sep16/09/2025, 18.10
Isi postingan

Isi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Agentlik tizimidagi bir guruh ustoz va rahbarlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi! Bu yuksak mukofotlar — ularning bilim va tajribasi, yoshlarga mehr-muhabbati hamda fidoyiligi e’tirofi sifatida berildi. ➖«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi» faxriy unvoni bilan: Egamberdiyev Atabek Ro‘zimovich – Hazorasp tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab fizika fani o‘qituvchisi (Xorazm viloyati) ➖«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan: Raximov Xamidjon Mamajonovich – Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori (Farg‘ona viloyati) ➖ I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan: Tadjibayeva Maʼmuraxon Ashuraliyevna – Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori ➖ II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan: Ziyayeva Moxidil Baxtiyorovna – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi (Sirdaryo viloyati) ➖ “Do‘stlik” ordeni bilan: Volfgang Anton Herrmann – «Yangi O‘zbekiston» universiteti faxriy prezidenti Drujinina Yelena Sergeyevna – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi murabbiyi Marsden Abbey Nikole – Andijon shahridagi Prezident maktabi kimyo fani o‘qituvchisi (Andijon viloyati) ➖ “Shuhrat” medali bilan: Amanova Zulxumor Mutalovna – Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab informatika fani o‘qituvchisi (Toshkent viloyati) Zanjirova Xurshida Maxmudovna – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab informatika fani o‘qituvchisi (Toshkent shahri) Ergashev Sherzod Shodibek o‘g‘li – Jizzax shahridagi Prezident maktabi matematika fani o‘qituvchisi (Jizzax viloyati) Ustozlarimizning mehnati va fidoyiligi kelajak avlod tarbiyasi hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Barcha taqdirlangan ustoz va murabbiylarni chin qalbdan tabriklaymiz! Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal