Isi
#Sport time #O'rtoqli uchrashuv musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 📚Prezident,ijod, hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o'rtasida "Ustozlar bayrami arafasida" sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish va ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. ☀️Musobaqada har bir jamoasi chaqqonlik, epchillik va jamoaviylikni namoyon etdi. Musobaqada o'quvchilar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, harakatlarida hamjihatlikni ,birdamlikni ko‘rsatishdi. ✨Tomoshabinlar esa musobaqani katta qiziqish va quvonch bilan kuzatishdi. 💠Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 💠Tadbir barcha ishtirokchilar uchun quvonchli va esda qolarli voqea bo‘ldi. 🔶🟢🔶🟢🔶🟢🔶 Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK