Isi
🔂 1. Haqiqiy imtihon uchun psixologik tayyorgarlik O‘quvchi real imtihon muhiti bilan tanishadi. Hayajon, stress va bosimni boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. “Qanday bo‘larkan?” degan noma’lumlik hissi kamayadi. 🔂 2. Bilim darajasini aniqlash Qayerda kuchli, qayerda zaif ekanini aniqlashga yordam beradi. O‘quvchi o‘zini baholaydi: qaysi mavzularni qayta ko‘rish kerakligini tushunadi. 🔂 3. Vaqtni boshqarishni o‘rganadi Har bir savolga qancha vaqt sarflashni sinab ko‘radi. Imtihon vaqtida shoshmaslik va vaqt yetmay qolmasligi uchun amaliy ko‘nikma hosil qiladi. 🔂 4. Imtihon formatiga o‘rganish Testlar, yozma savollar yoki ochiq javobli topshiriqlar bo‘lsa — ularning formatiga o‘rganadi. Savol turlari va ularning tuzilishini tushunadi. 🔂 5. Motivatsiyani oshiradi O‘quvchi natijasini ko‘rib, o‘z ustida ishlashga ko‘proq harakat qiladi. Natijani yaxshilash istagi paydo bo‘ladi. 🔂 6. O‘qituvchi va ota-onalar uchun diagnostika O‘qituvchi har bir o‘quvchining kuchli va zaif tomonlarini ko‘radi. Ota-onalar farzandining tayyorgarlik darajasini baholay oladi. Korektiv (tuzatuvchi) reja tuzish imkoniyati yaraladi. 🔂 7. Ko‘p mashq – ko‘proq ishonch Qanchalik ko‘p sinov topshirilsa, haqiqiy imtihonda shunchalik o‘ziga ishonch ortadi. Xatolardan o‘rganish imkoniyati bo‘ladi.