TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT POST

Post #3177

@shahrixon_tim

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Tampilan428Jumlah tampilan
Diposting30 Sep30/09/2025, 14.49
Isi postingan

Isi

#Shahrixon_tumani #Ustozga_ehtirom ✨Bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ustozim sizga ta’zim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat, minnatdorlik, ehtirom va samimiy tabriklar mehr to‘la qalblarda jarangladi. O‘quvchilar o‘zlarini tarbiyalab, ilm va ma’rifat yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan ustozlariga she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda dil so‘zlarini taqdim etdilar. Tadbir davomida ustozlarning yuksak maqomi, ularning inson kamolotidagi beqiyos o‘rni yodga olindi. Har bir o‘quvchi qalbidan chiqqan minnatdorlik ifodalari zalda o‘zgacha bir ruhiyat, samimiyat va g‘urur muhitini yaratdi. “Ustozim sizga ta’zim” tadbiri nafaqat ustozlarga ehtirom ifodasi, balki yosh avlodga ham katta saboq bo‘ldi. Zero, ustozlarni qadrlash – kelajakni qadrlash, ilmu ma’rifatni e’zozlashdir. 👉Tadbir yakunida barchaning qalbida bir fikr uyg‘undi: ustozlar–millat tayanchi, qalblar chirog‘i, insoniyatning eng buyuk yo‘lboshchilaridir. 🌸