Isi
Rasmiy munosabat So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro N.Nurmuҳammadovning farzandi Muhammadamin Nurmuhammadovning ixtisoslashtirilgan maktabga qabul jarayoni yuzasidan turli talqinlar bildirilayotganligi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz: 🔹 Mazkur o‘quvchi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2025-yil 25-sentabrda qabul qilingan 146-sonli buyruq asosida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinfidagi bo‘sh o‘rin uchun navbati kelganligi sababli ushbu ta’lim muassasasiga qonuniy tartibda qabul qilingan. 🔹 Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni belgilangan nizom asosida, ya’ni ballar ketma-ketligi va bo‘sh o‘rinlar mavjudligidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 🔹 Shu bois, o‘quvchi boshqa hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga asosiy tanlovda ariza topshirgan bo‘lsa-da, yakuniy qabul bo‘sh o‘rin va navbat asosida amalga oshiriladi. Bu esa har bir o‘quvchining ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida belgilangan qonuniy jarayon hisoblanadi. 🔹 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati tomonidan hech qanday qonunbuzarlik yoki o‘quvchi huquqlarining poymol qilinishi holati mavjud emas. Aksincha, qabul jarayoni Agentlikning rasmiy buyrug‘i asosida amalga oshirilgan. ❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha qabul jarayonlarini shaffoflik, adolat va teng imkoniyatlar tamoyili asosida olib boradi hamda fuqarolarni rasmiy manbalarga tayangan holda axborot olishga chaqiradi.